Surunkali granulatsiyalovchi periodontit. Periodontitning bu turida bemor sababchi tish atrofida yoqimsiz sezgi, qichishish, tish- ga bosganda kuchsiz og‘riqni sezishi mumkin. Og‘riqli sezgilar doimiy emas. Kasal tish atrofidagi milk qizarib, shishadi va yiringl i ekssudatli oqma hosil bo‘lib granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Tishning toj qismi rangi o‘zgargan, tukillatib ko‘rilganda og‘riqsiz yoki kuchsiz og‘riqli bo‘ladi. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Tish atrofi to‘qimalar palpatsiyasi og‘riqli. Iyak osti va jag‘ osti limfa tugunlarini shishishi ham kuzatil ishi mumkin. Qolgan sur unkali periodontitlarga nisbatan granulatsiyalanuvchi periodontitning o‘tkirlashuvi sodir bo‘lib turadi. Rentgenogrammada ildiz uchida suyak to‘qimasining notekis so‘rilishi kuzatiladi (20 -rasm).
19-rasm. Surunkali fibroz
periodontit.
20-rasm. Surunkali
granulatsiyalovchi periodontit.
Surunkali granulematoz periodontit. Surunkali granulematoz periodontitda ko‘pincha og‘riqlar bo‘lmaydi, lekin o‘qtin-o‘qtin yallig‘- lanish jarayonining o‘tkirlashuvi sodir bo‘lib turadi. Tish atrofidagi shilliq parda o‘zgarishsiz, ayrim hollarda ozgina qizargan bo‘ladi. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya, zondlash og‘riqsiz bo‘ladi. Tash- xis rentgenogramma asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada ildiz uchida suyak to‘qimasining 0,5 mm dan kichik, tekis, aniq chegara- langan so‘rilishi kuzatiladi. Agar ildiz uchidagi granulemaning hajmi 0,5 mm 0,8 mm gacha bo‘lsa kistadan dalolat beradi. (21, 22-rasmlar).
21-rasm. Surunkali
22-rasm. Ildiz uchi kistasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |