N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet35/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Tayanch iboralar:
Kariyes - tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi natijasida zarar- langan bo‘shliq - kovak hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasallik;
Nokariyesli nuqsonlar - tish qattiq to‘qimalarining kariyes tabiati- ga ega bo‘lmagan kasalliklari;
Gipoplaziya - tish to‘qimalarining rivojlanmasligi bilan xarakter- lanadigan nokariyesli nuqson;
Flyuoroz - organizmga me’yordan ortiq ftor elementining kirishi oqibatida yuzaga keladigan nokariyesli nuqson;
Patologik yedirilish - tish to‘qimalari yedirilishining tez kechi- shi;
Ponasimon nuqson - tishning vestibulyar yuzasining bo‘yin qis- mida «V» shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan kechadigan nokariyesli nuqson;
Tishning chiqishi - tishning alveola katagida bo‘shashib qolishi;
Tishning sinishi - tish butunligining buzilishi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Kariyes deb nimaga aytiladi?

  2. Nokariyesli nuqsonlar deganda nimani tushunasiz?

  3. Gipoplaziya qanday klinik ko‘rinishga ega?

  4. Flyuorozni kelib chiqish sababini bilasizmi?

  5. Patologik yedirilishda bemor nimadan shikoyat qiladi?

  6. Ponasimon nuqson qanday shaklga ega bo‘ladi?

  7. Kariyesni kelib chiqishida qanday faktorlar o‘rin tutadi?

  8. Tish chiqishining qanday turlari kuzatiladi?

  9. Tish sinishi qanday davolanadi?

  10. Kariyes nechta bosqichda kechadi?

  11. Dog‘ shaklidagi kariyes qanday davolanadi?

  12. Yuza kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?

  13. O‘rta kariyesda bemor nimadan shikoyat qiladi?

  14. Chuqur kariyes qanday klinik ko‘rinishga ega?

  15. Kariyeslar qanday davolanadi?

  16. Kariyesni profilaktika qilish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak?

  1. BOB
    PULPITLAR


Pulpit-pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi. Pulpaning yallig‘lanishi unga ta’sir etgan taassurotlar oqibatida kelib chiqadi. Bu ta’sirlarning asosini kariyes bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlar, ularning toksinlari, dentinning organik yemirilishi oqibatida hosil bo‘lgan taassurotlar, kimyoviy va termik ta’siri ostida kelib chiqadi. Pulpitni keltirib chiqa- ruvchi sabablarga quyidagilar kiradi:

  • Ko‘pincha karyies kovagidagi infeksiyalar dentin kanallari orqa- li pulpa bo‘shlig‘iga kiradi va natijada yallig‘lanish hosil bo‘ladi.

  • Pulpaning gematogen yallig‘lanishi ham kuzatilgan. Masalan gripp, osteomiyelit va boshqa kasalliklarda.

  • Jarohat tishning ma’lum qismi sinishi oqibatida tish bo‘shlig‘i- ning ochilib qolishi, kariyes kovagiga ishlov berish va shakllant- irish jarayonida tish bo‘shlig‘ining ochilib qolishi, tishga sun’iy qoplamalardan metallokeramika qoplamasini qo‘yish uchun charxlanganda pulpa kamerasining ochilib qolishi.

  • Parodontda jarrohlik davo muolajalarini o‘tkazayotganda.

  • Kimyoviy moddalar ta’siri ostida (ayrim plomba ashyolari).

  • Harorat ta’siri ostida (kariyes kovagiga ishlov berish va sun’iy qoplama qo‘yish maqsadida tish to‘qimalari charxlanganda).

Pulpitlar tasnifi:

  1. O‘tkir pulpitlar.

  1. qisman,

  2. umumiy.

  1. Surunkali pulpitlar.

  1. fibroz,

  2. gangrenoz,

d) gipertrofik.

  1. Surunkali pulpit huruji.

Pulpitlarning har bir turi o‘ziga xos klinik belgilarga ega. Tashxis subyektiv va obyektiv belgilarga asoslanib aniqlanadi.
O‘TKIR PULPITLAR

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling