N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori o‘ng markaziy kurak tishning to‘liq chiqishi, chap markaziy kurak tishning to‘liq bo‘lmagan chiqishi.
- Topografik tasnif
Tishning chiqishi
Tishning chiqishi deb, uning alveola katagida bo‘shashib qolishiga aytiladi. Tishning chiqishi to‘liq, to‘liq bo‘lmagan va ezilgan bo‘lishi mumkin. Tishning to‘liq chiqishida tish pereodontal tolalardan to‘liq uzilib, alveola katagidan chiqishi oqibatida tishning tushishi kuzatiladi. To‘liq bo‘lmagan chiqish tish ildizining alveola katagida qisman nishablanishi va pereodontal tolalarning jarohatlanishi bilan kechadi (15-rasm). Tish chiqishida bemor tish holatining o‘zgarganligiga, 15-rasm. Yuqori o‘ng markaziy kurak tishning to‘liq chiqishi, chap markaziy kurak tishning to‘liq bo‘lmagan chiqishi. og‘riqdan va qimirlab qolganligidan shikoyat qiladi. Tishning ezilgan chiqishida tishni alveola katagidan jag‘ tanasi tomon qisman yoki to‘liq nishablanganligi va suyak to‘qimasining qisman buzilganligi kuzatiladi. Tish ildizi atrofidagi suyak to‘qimasining holati muhim ahamiyatga ega. Agar tish ildizining yarmidan ortiq qismi alveola katagida saqlanib qolgan bo‘lsa uni saqlab qolishga harakat qilinadi. Buning uchun, avval og‘riqsizlantiriladi va tishni o‘z o‘rniga to‘g‘ri- lanadi. So‘ng tish qimirlashining oldini olish, «dam» berish maqsadida shinalanadi. Shinalangandan so‘ng pulpa holatini aniqlash uchun EOD qilinadi. Agar EOD u 2-3 mkA ga teng bo‘lsa pulpa faoliyati saqlangan, 100 mkA ga teng bo‘lsa pulpa nekrozga uchragan bo‘ladi. Agar pulpa zararlangan bo‘lsa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi. Tishning sinishi Tishning sinishi uning toj qismida yoki ildiz qismida sodir bo‘lishi mumkin. Toj qismi sinishi tish bo‘shlig‘ining berkligi yoki ochiqligi bilan kuzatilishi mumkin. Tishning toj qismining sinishi tish bo‘sh- lig‘ining yopiqligi bilan sodir bo‘lsa tishni kompazit plombalar yorda- mida tiklanadi. Sinish tish bo‘shlig‘ining ochilishi bilan bog‘liq bo‘lsa og‘riqsizlantirib, pulpa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi. Tish ildizi sinishining quyidagi turlari farqlanadi: ko‘ndalang, bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan. Sinish turiga qarab tashxis va davo turi aniqlanadi. Tashhisni aniqlashda rentgenologik tekshiruv muhim o‘rin tutadi. Bo‘ylama, qiyshiq va parchalangan sinish turlarini davolash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi va ulardan tayanch sifatida foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘ndalang sinishda sinish yo‘li ildizning turli qismidan o‘tishi mumkin. Agar sinish yo‘li ildizning 1/4-1/3 qismi yoki o‘rtasidan o‘tsa depulpatsiya qilinadi, ildiz kanali plombalanadi va mahsus shtift (o‘zak) yordamida tutashtiriladi. KARIYES Kariyes - lotincha so‘z bo‘lib «chirish» degan ma’noni anglatadi. Kariyes keng tarqalgan kasallik bo‘lib, aholining 95% da uchraydi. Kariyes murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to‘qimalari tez yoki sekin yemiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq - kovak hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kariyesning kelib chiqishi haqida bir necha yuz nazariyalar bor. Kariyesni kelib chiqishida ko‘pgina faktorlar o‘rin tutadi. Asosiy faktorlarga quyidagilar kiradi: og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi; ovqat va ovqatlanish rejimi; suv tarkibidagi ftorning miqdori; so‘lakning tarkibi va hajmi; organizimning umumiy holati; organizimga bo‘lgan ekstremal ta’sirlar; tashqi va ichki muhitdagi endogen va ekzogen faktorlar. Kariyesning uch xil turi mavjud: anatomik, topografik va klinik. Anatomik tasnif asosan emal kariyesi, dentin kariyesi, sement kariyes- dan iborat. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan bo‘lib quyidagicha bo‘linadi: dog‘ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o‘rta ka- riyes va chuqur kariyes (16-rasm). Klinik kechishi bo‘yicha tez kechuvchi va sekin kechuvchi kari- yeslar mavjud. Klinik ko‘rinishiga ko‘ra oq va pigmentlangan dog‘lar (jigarrangdan qong‘ir ranggacha) bo‘ladi. Tekshirishlarda kariyes jadal kechganda oq, sekin kechganda pigmentlangan bo‘lishi aniqlangan. Kariyesni kechishi esa davo rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling