N. A. Tashpulatova


Tish qattiq to‘qimalari eroziyasi


Download 0.89 Mb.
bet30/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Tish qattiq to‘qimalari eroziyasi. Xastalik tish emalida ba’zan emal va dentinda hosil bo‘ladi. Tishning vestibulyar yuzasida bo‘yin qismiga yaqinroq oval, yumaloq, noaniq shaklga ega bo‘lgan nuqson paydo bo‘ladi.
Eroziya faqat kurak, qoziq va premolyarlarda kuzatiladi. Eroziya ikkitadan ortiq tishlarda uchraydi. Bemorlar mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladigan keskin og‘riqdan (gipersteziya) shikoyat qiladilar. Xastalikning boshlanish shaklida, emal eroziyasida emal- ning rangi o‘zgarmaydi, silliq, yaltiroq bo‘ladi. Rivojlangan shakllarida nuqson dentinni ham zararlab, och sariq ayrim hollarda to‘q rangga ega bo‘ladi. Klinik kechishiga ko‘ra ikki shaklga bo‘linadi: aktiv va stabil. Kasallikning aktiv shaklida gipersteziya bilan kechuvchi nuqson paydo bo‘ladi. Stabil shaklida nuqson sekin paydo bo‘ladi, bemor og‘riqlardan shikoyat qilmaydi.
Solishtirma tashxis. Eroziyani aniqlashda solishtirma tashxis pona- simon nuqson va yuza kariyes bilan o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson tubi va cheti g‘adir-budur, eroziyada esa aksi silliq bo‘ladi. Ponasimon nuq- son nuqsonning shakli bilan farq qiladi.
Davolash. Davolash kasallikning kechish shakliga bog‘liq. Kasal­likning boshlang‘ich bosqichida gipersteziya bartaraf qilinadi va remi­neralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Nordon sharbatlar, mevalar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Kasallikning og‘ir formal arida nuqson kom- pozit plomba xomashyolari bilan plombalanadi.
TISH JAROHATLARI
Tish jarohatlari o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir jarohat ta’sirida lat yeyishi, tishning chiqishi va sinishi kuzatiladi.
Lat yeyish
Lat yeyishda tish tish qatorlarini jipslashtirilganda va tishlaganda og‘riydi. Palpatsiya biroz og‘riqli bo‘ladi. Og‘riqlar ayniqsa tish ildizi sohasidagi o‘tuv burma sohasida, hamda tishni qimirlatilganda kuza- tiladi. Tishning toj qismining rangi o‘zgarib, pushti tusga kiradi. Davolash uchun og‘riqsizlantiriladi, tish bo‘shlig‘i ochiladi, pulpa eks- terpatsiya qilinib, plombalanadi. Agar tish toj qismining rangi o‘z- garmasa, pereodontdagi reaksiyani bartaraf qilish maqsadida tishga bir necha kun «dam» beriladi. Ya’ni shu tishda ovqat luqmasi uzib olinmaydi, chaynalmaydi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling