Hozirgi kunda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi va lab kasalliklarida etiologik va patogenetik omillarga asoslanib, quyidagi tar- tibdagi tasnifdan foydalanilmoqda:
Jarohat oqibatida kelib chiqqan shikastlanishlar. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi va lablarning yuqori va past harorati, nurlanish, noqulay meteriologik omillar, kimyoviy moddalar va boshqa jarohatli taassurot- lardan shikstlanish natijasida hosil bo‘lgan kasalliklari;
Yuqumli kasalliklarda shilliq pardasi shikastlanishi;
Allergik va toksik allergik kasalliklar;
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining ekzogen intoksikatsiyalarda- gi o‘zgarishi;
Sistem kasalliklarda o‘g‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining o‘zga- rishi;
Dermatozlarda o‘g‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda kasalliklari;
Til anamaliyalari va tegishli kasalliklari;
Xeylitlar;
Rak oldi kasalliklari.
JAROHAT OQIBATIDA KELIB CHIQQAN
KASALLIKLAR
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi doimiy ravishda tashqi muhit va mexanik, termik, fizik ta’sir etuvchi omillar bilan to‘qnashadi. Yuqo- rida qayd qilingan taassurotlar meyordan ortsa og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘zgarish darajasi jarohatlovchi ta’sirning turiga, davomiyligiga va ta’sir etilgan maydon to‘qimasiga bog‘liq. Jarohatlovchi faktorlarga quyidagilar kiradi:
mexanik,
termik,
nur,
kimyoviy.
MEXANIK SHIKASTLANISH
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining mexanik shikastlanishida o‘tkir va surunkali jarohat kuzatiladi. Og‘iz shilliq qavatining o‘tkir mexanik shikastlanishi o‘tkir ashyodan yoki kamdan-kam holda tishlab olinishi oqibatida paydo bo‘ladi. Shilliq pardada qon uyumi-gematoma va eroziya bo‘ladi. To‘qima ichidagi qon uyumida kuchsiz og‘riq paydo bo‘lib, 1-3 kun vaqt o‘tgach og‘riq yo‘qolib, o‘rniga ko‘kish - qoramtir rangda gematoma hosil bo‘ladi.
Agar jarohat o‘rniga takroriy shikastlanish kuzatilmasa, eroziya tezda epitelizatsiyalanadi. Tashxislash qiyinchilik tug‘dirmaydi: bemor anamnezidayoq sababchi omil to‘g‘risida xulosa oydinlashadi. Davo- lash uchun eroziya va kichkina yaralarda shikastlovchi omilni bartaraf qilishga qaratiladi va 0,25-0,5 % vodorod perikisi, 2 % bor kislota bilan chayqab, «A» vitaminli malhamlar surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |