N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkir gerpetik stomatit.
O‘tkir gerpetik stomatit. O‘tkir gerpetik stomatit yuquvchanligi yuqori bo‘lganligi uchun immun holati shakllanmaganlar orasida ko‘p uchraydi. Infeksiya havo tomchi yo‘li orqali yuqadi.
Organizmning umumiy zaharlanishi va kasallikning mahalliy bel- gilarini yuzaga kelish darajasiga qarab, kasallik yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi. Bolaning tana harorati 40 °C gacha ko‘tariladi, kuchsizlanadi, bo- shi og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil aynash va qusish kabi holat- lar kuzatiladi. Jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Tana harorati ko‘tarilayotgan vaqtda, shilliq pardada qizarish, shish kuzatiladi va pufakchalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar tezda yoriladi, ularning o‘rni- da 0,5-1 sm kattaliklardagi oval yoki dumaloq shaklda ega bo‘lgan yarachalarga o‘xshash nekrozli eroziya paydo bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechganida toshmalar yuz terisida ham paydo bo‘ladi (27-rasm). O‘tkir gerpetik stomatitning aniq belgilaridan biri bu so‘lak ajrali- shi kuchayishi, so‘lakning quyqalashishi, og‘izda hid paydo bo‘lish holatlari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik ko‘rinishi va epidemio- logiyasi asosida qo‘yiladi. Davolash. Mahalliy davolash ya’ni virusga qarshi davo o‘tkazish kerak. Buning uchun oksalinning 0,25-1 % li tebrofenning 1-2 % li geliomitsinning 1 % li mazlari, interferon, prodigiozon va boshqa ara- 27-rasm. O‘tkir gerpetik stomatit. lashmalar surtiladi. Bu dori vositalari kuniga 3-4 marta surtiladi. Kasallik belgilari so‘nayotgan vaqtda kuchsiz antiseptik va kerato- plastik vositalar qo‘llanadi. Skarlatina. Skarlatinada o‘ziga xos kasallik belgisi - malinasimon til kuzatilishi: kasallikda uch kun yuqori tana harorati kuzatiladi. Til karash bilan qoplanadi, to‘rtinchi kundan boshlab bu karash til ipsimon so‘rg‘ichlari bilan yuvilib tushadi. Qachonki til yuzasi tamo- man toza bo‘lganida, uning yuzasi malina mevalarini eslatadi. Bir qan- cha vaqtdan so‘ng epitelial qoplama qayta tiklanadi. Davolash: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida shaftoli yog‘ini anes- tezin emulsiyasidagi 1-2% li aralashmasini surkash va har ovqat- lanishdan keyin achchiq choy bilan chayqash kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling