N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet56/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Kandidozli stomatit. Kasallik ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda uchraydi.
Og‘iz shilliq pardasida, tanglayda, milkda, lunjda oson tilinadigan karashlar paydo bo‘ladi (28-rasm). Bu karashlarni tilganimizdan keyin tekis, qisman shishli qizargan yuzani ko‘ramiz. Karashlar fibrini so‘ri- ladi, natijada oq ko‘kish rangdagi qo‘pol qatlam hosil bo‘lib, u tubdan shilliq parda bilan qattiq birikadi.
Kandidozni profilaktika qilish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi qoidalariga rioya qilish va antibiotiklar bilan davolaganda nistatinni yoki levorinni kuniga 1500000 ED dan qabul qilish kerak boladi.
Qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish, umumiy yo‘ldosh kasallikni davo­lash, organizmni kasalliklarga qarshiligini oshirish, og‘iz bo‘shlig‘ini

28-rasm. Kondidoz.
sanatsiya qilish. Zamburug‘ qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish uchun 20 % li natriy boratning glitserinli, lyugolning glitserinli eritmal ari ishlatiladi. 5% li levorin, 0,5% li depolin surtmalaridan foydalaniladi.
OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi
OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi virus qo‘zg‘atuv- chi yuqumli kasallik bo‘lib immunitetni zararlaydi va natijada immun yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kasallik qo‘shimcha o‘tkir infeksiya- lar yoki o‘smalar rivojlanishi bilan kechadi. OITSda organizm zararla- nishini shartli ravishda to‘rtta turga bo‘lish mumkin: o‘pka, oshqozon ichak, serebrospinal teri va og‘iz boshlig‘i turi.
Teri va og‘iz boshlig‘i turida kasallangan bemorning terisi va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘zgarishlar ko‘p uchraydi. OITV - infeksiyali bemor yoki virus tashuvchi zararlanish o‘chog‘i hisoblanadi. Kasallik qon, sperma, qin ajralmasi va sut orqali yuqadi. Kasallik yuqqandan so‘ng bir necha yil bezovta qilmasligi mumkin. OITV - retrovirusi yuqqan bemorda hech qanday belgilar bo‘lmasada kasallik tashuvchi hisoblanadi. Kasal- likning kechishi 4 ta bosqichga bo‘linadi.

  1. bosqich belgilarsiz kechishi mumkin yoki limfa tugunlarning 1 sm gacha kattalashishi kuzatiladi.

  2. bosqichda tana vaznining keskin kamayishi, diareya, holsizlik, tez charchash, ishtaha yo‘qolishi, tunda terlash, hotirani pasayishiga olib keluvchi nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Terida shikastlanishlar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida tukli leykoplakiya, o‘tkir gerpetik stomatit, surunkali qaytalovchi (residivlanuvchi) gerpisning xuruji kuzatiladi.

  3. bosqichda og‘iz bo‘shlig‘ida kandidoz, tukli leykoplakiya, o‘tkir gerpetik stomatit, surunkali gerpes xuruji kuzatiladi. Bundan tashqari o‘pka tuberkulyozi va pnevmaniya rivojlanadi.

  4. bosqich og‘ir kechadi. Bu bosqichda yallig‘lanish kasalliklari, KAPOSHI sarkomasini (hafli o‘smalar bo‘limiga qarang) hosil bo‘lishi (29-rasm), pnevmoniya, toksoplazmoz, sistemali kandidoz, kaxeksiya, xotirani yo‘qolishi va aqlan ojizlikka olib keluvchi nevrologik o‘zga- rishlar sodir bo‘ladi.


29-rasm. KAPOSHI sarkomasi.

OITV infeksiyasi tashxisi labarator tekshiruv o‘tkazib aniqlanadi. OITV infeksiyasi profilaktikasini amalga oshirish uchun sterillash va dezenfeksiya qoidalariga rioya qilish zarur. Asbob uskunalar yuqori harorat ta’sirida sterillanadi (qaynatish, avtoklavlash, quriq issiqlik bilan). Dezinfeksiyalash uchun 2% li glyutaral eritmasi, 30%li perikis vodorod eritmasidan foydalaniladi.
Stomatolog o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari o‘zlarini ham himoya qilishlari shart. Ular albatta bir marotabali steril rezinali qo‘lqop kiyishlari zarur. Qon va biologik suyuqliklar tekkan soha yaxshilab suv va so‘vun bilan yuviladi. Rezina qo‘lqopni yechgandan so‘ng ham qaytadan yaxshilab yuvish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muolaja vaqtida qon va biologik suyuqliklarni sachrashini oldini olish maqsadida maska va maxsus ko‘zoynaklar kiyiladi.
ALLERGIK VA TOKSIK ALLERGIK KASALLIKLAR

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling