N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7,04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
istirohat – dam olish, nishon – moʻljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn
– chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, oʻgit – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – toʻplamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq – sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun boʻlmoq – mahliyo boʻlmoq, beg‘ubor – toza, sof, koʻlanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – oʻt. Bu usulni qoʻllaganda oʻqituvchi shuni nazarda tutishi kerakli soʻzlarni sinonim orqali tushuntirish oʻquvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga etadi. Shuning uchun soʻzning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol soʻzlarni tanlash kerak. Darslikdagi quyidagi soʻzlarning ma’nosini ular nomlaydigan narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin. Hasharot bu – qurt, chumoli, ari, qoʻng‘iz, oʻrgimchak. Meva – olma, nok, anjir, oʻrik, shaftoli. Matn – hikoya, she’r, ertak. Poliz – qovun, tarvuz, handalak. Ajdod – ota, bobo, buvi, bobokalon. Avlod – farzand, nevara, evara, chevara. Texnika – traktor, mashina, dazmol. Darslikdagi koʻpgina soʻzlarning ma’nosini ularning tarkibiy qismlari – morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, kattalar ham, oʻquvchilar ham noma’lum soʻzni ma’noli qismga boʻlish va ma’lum boʻlgan oʻzakdosh soʻz bilan mazmuniy aloqa oʻrnatish asosida ochishga harakat qiladi. 3-sinf darsligida quyidagi soʻzlarni soʻz yasalish tarkibi – oʻzak va yozuvchi qoʻshimcha orqali tushuntirish mumkin. Oromgoh – orom – oʻzak, -goh – soʻz yasovchi qoʻshimcha, joy degan ma’noni anglatadi. Demak, bu soʻz orom, dam oladigan joy 31 ma’nosini bildiradi. Xabardor – xabar – oʻzak, dor – soʻz yasovchi qoʻshimcha, egalik ma’nosini bildiradi. Demak, bu soʻz xabari bor degan ma’noni bildiradi, qalamkash – qalam – oʻzak, kash – soʻz yasovchi qoʻshimcha, tortmoq, chizmoq degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻz qalam bilan ishlovchi kishini, ya’ni shoir, yozuvchilarni bildiradi. Ma’rifatparvar – ma’rifat – oʻzak, parvar – soʻz yasovchi qoʻshimcha, otdan anglashilgan narsani tarbiyalash, shunga yaxshi munosabat kabi ma’nolarini bildiradi. Demak, bu soʻz ma’rifatni sezuvchi, unga intiluvchi degan ma’noni bildiradi. Da’vogar – da’vo – oʻzak, -gar – soʻz yasovchi qoʻshimcha, otdan ishlab chiqaruvchi kasb yoki faoliyat egasini bildiruvchi shaxs oti yasaladi. Demak, bu soʻz da’vo qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Ta’sirchan – ta’sir – oʻzak, - chan – soʻz yasovchi qoʻshimcha, egalik, ortiqlik ma’nosini bildiradi. Demak, bu soʻz ta’siri bor, kuchli yoki ta’sirga tez uchraydigan degan ma’noni bildiradi. Ma’murchilik – ma’mur – oʻzak, -chilik – soʻz yasovchi qoʻshimcha. Bu soʻzning ma’nosini bilish uchun oʻzakning ma’nosini bilish kerak. Ma’mur soʻzi oʻzbek tilining izohli lug‘atida obod, farovon, toʻkin deb izohlangan. Demak, ma’murchilik soʻzi toʻkinchilik ma’nosini bildiradi. Childirmakash – childirma – oʻzak, - kash – soʻz yasovchi qoʻshimcha kasb-hunar egasi boʻlgan shaxs oti yasaydi. Demak, bu soʻz childirma chaluvchi degan ma’nonini bildiradi. Gulchambar – guldan qilingan chambarak. Sharsimon – shar – oʻzak, simon – soʻz yasovchi qoʻshimcha, oʻxshash degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻz sharga oʻxshash degan ma’noni bildiradi. Oʻquvchilarga soʻz yasovchi qoʻshimchaning ma’nosi bir marta tushuntirilsa, shu qoʻshimcha qoʻllangan boshqa soʻzlarning ma’nosini ularning oʻzi aniqlayveradi. Serqatnov – qatnov – oʻzak, ser – soʻz yasovchi qoʻshimcha, koʻp degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻzning ma’nosi qatnoy koʻp degani. Serhikmat – hikmati koʻp, hikmatga boy. Sohibkor – sohib – oʻzak, kor – soʻz yasovchi qoʻshimcha, kasb egasi mutaxassislik, mashg‘ulot bilan bog‘liq boʻlgan shaxs oti yasaydi. Bu soʻz oʻz kasbining ustasi degan ma’noni bildiradi. Badfe’l – fe`l – oʻzak, bad – soʻz yasovchi qoʻshimcha, yomon degan ma’noni bildiradi. G‘oʻzapoya – g‘oʻza – oʻzak, poya – soʻz yasovchi qoʻshimcha. Bu soʻz g‘oʻzaning poyasi degan ma’noni bildiradi. Jangovor – jang – oʻzak, ovor – soʻz yasovchi qoʻshimcha. Bu soʻz kurashchan, faol degan ma’noni bildiradi. Mashinasoz – mashina – 32 oʻzak, soz – soʻz yasovchi qoʻshimcha, tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻz mashina tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi. Hazilkash – hazil – oʻzak, kash – soʻz yasovchi qoʻshimcha, qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻz hazil qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Darsliklardagi quyidagi soʻzlar ma’nosini oʻquvchilarga tasviriy yoʻl bilan tushuntirish mumkin. Anjuman – keng koʻlamli, katta yig‘ilish. Fuqaro – biror mamlakatning doimiy aholisi. Ma’vo – turar joy. Tazyiq – kuch bilan, zoʻrlab oʻtkazilgan ta’sir, siquv. An’ana – avloddan-avlodga oʻtib boradigan urf-odat. Ma’rifat – inson va jamiyatning ruhiy, axloqiy, diniy jihatlarining majmui. Qur’on – musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi. Qit’a – yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida qismidan har biri. Soʻgal – badanga koʻpincha qoʻl yoki oyoqda boʻladigan qattiq yumaloq oʻsimta. Moʻjiza – odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hotdisa yoki ish, narsa. Soʻna – urg‘ochisi hayvonlarning qonini soʻradigan, erkagi oʻt bilan ovqatlanadigan yirik pashsha. Xulosa qilib aytganda so‘z ma’nosini tushuntirishda uning mazmuniy xususiyatini hisobga olgan holda usul tanlash bo‘shlang‘ich sinf o‘quvchilarining yangi so‘zlarni o‘zlashtirishini oson, qiziqarli va samarali qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodis olim A. V. Tekuchev. 33 Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollashtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtirishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘zi qayta hikoyalashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat. O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish . So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib borilishi lozim. O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud: 1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish. 2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash. 3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish. 4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova qilish. Biz bu maqolada uchinchi va to‘rtinchi yo‘l haqida so‘z yuritamiz. 34 Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish uchun o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping. Download 7,04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling