N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida sinonimlar ustida ishlash
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida sinonimlar ustida ishlash
Sinonimlar ustida ishlash lug‘at qatlamini o‘rganishning muhim bo‘limidir. Tilning lug‘at boyligi asosan uning sinonimikasi bilan belgilanadi. Narsa, harakat, belgilar haqidagi tushunchalar ko‘plab variant, qirralarga ega. Lug‘atda ularni ifodalovchi sinonimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tilning ifoda imkoniyatlari shunchalik boy bo‘ladi. O‘zbek tili sinonimlarga juda boy. Jumladan, A.Hojiyevning “Sinonimlar lug‘ati”da yaxshi so‘ziga 14 ta, juda so‘ziga 29 ta sinonim keltirilgan. Albatta, boshlang‘ich sinflarga barcha sinonimlarni o‘rgatishning zarurati va iloji yo‘q. Ammo sinonimikaning boyligi qo‘llaniladigan leksikaning rang-barang bo‘lishi uchun zaxiradir. Aytib o‘tganimizdek, sinonimlar bu borliqdagi bitta narsani nomlovchi, lekin uning turli tomonini, yoki turlicha nuqtayi nazardan baholash bilan farqlanuvchi so‘zlardir. Sinonimlar o‘zaro lug‘aviy ma’noning qirralari bilan, emosional- ekspressiv bo‘yog‘i bilan, uslubga xosligi bilan, nihoyat izchil qo‘llanishi va boshqa so‘zlar bilan birikuvchanligi (valentligi) ga ko‘ra farq qiladi. Masalan, gapirmoq so‘zining sinonimi shivirlamoq past ovozda gapirishni bildiradi, vaysamoq so‘zi esa behuda gapirmoq ma’nosini bildirib, so‘zlovchining salbiy munosabatini ifodalaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinonimlar (shuningdek, boshqa leksik- semantik guruhlar) to‘g‘risida nazariy ma’lumot berilmaydi. Biroq sinonimlar ustida amaliy ishlar, ularni kuzatish o‘quvchilarda sinonimlar haqida tushunchani shakllantiradi. Sinonimlar ustidagi amaliy mashqlar quyidagi elementlardan iborat: a) o‘qilgan matnlardan sinonimlarni topish, ularning ma’nolari, ayniqsa ma’no qirralari, sinonim so‘zlar orasidagi farqlarni aniqlash; b) mazkur so‘zlarni almashtira oladigan sinonimlar tanlash va ma’no qirralari haqida qo‘llanishidagi farqini belgilash; d) sinonimlar yuzasidan maxsus mashqlar (sinonimlarning darajalanishi va h.k); e) sinonimlarni og‘zaki va yozma nutqda faol qo‘llash; 40 f) nutqiy xatolarni tuzatish (noo‘rin qo‘llangan so‘zlarni), so‘zni unga sinonim bo‘lgan boshqa, berilgan matnga ko‘proq mos keladigan so‘z bilan almashtirish. Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling