N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh so‘zlarga doir
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh so‘zlarga doir
mashqlar tahlili Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar alohida mavzu sifatida ajratilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z turkumlariga oid mashq va topshiriqlar doirasida berilgan. Sinonimlar ustidagi elementar mashqlar 1-sinfdan boshlanadi. Masalan, “Alifbe”da o‘quvchilar quyidagi gapni o‘qiydi: “Onam shirin, mazali non yopdilar”. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini mazali so‘zi shirin so‘zining ma’nosini kuchaytirayotganiga qaratadi. 2-sinfda o‘quvchilar 2-3 sinonimdan iborat guruhlar tuzadi. Odatda sinonimlar belgining o‘sib borish darajasiga ko‘ra joylashtiriladi: kuchli – baquvvat – zabardast va chiroyli, suluv – zebo . 2 – 4- sinflarda uch va undan ortiq sinonimdan iborat guruhlar tuzish maqsadga muvofiq; qo‘rqmas, botir, jasur (jangchi); saqlamoq, qo‘riqlamoq, himoya qilmoq. Hikoyalarda fe’llar ustida ish olib boriladi. Masalan “Bolari va qovog‘ari ” hikoyasida: g‘o‘ng‘illabdi, gapiribdi, debdi, sekin so‘rabdi, javob beribdi. Xuddi shunday ish-harakat fe’llari ustida ham olib boriladi: olib ketsa, tashisa, ko‘tarib keta boshladi (“G‘isht” hikoyasidan, 3-sinf). Anig‘ini aytganda, bu so‘zlarning, hammasi ham sinonim emas. Lekin boshlang‘ich sinflarda sinonimlarning bunday kengaytirilgan talqini zarurdir. Mohiyatan bolalar bunda bir tematik guruhga kiruvchi so‘zlarni tahlil qiladi. Ayni holatda nutq, gapirishni bildiruvchi so‘zlarni. Bunday so‘zlarning xilma-xilligi fikrni aniq ifodalashni ta’minlaydi: shivirladi, xitobladi, so‘z qotdi va h. k. neytral bo‘lgan dedi so‘zining jonga tegadigan takroridan qochishga imkon beradi. 1-sinf ona tili darsligida ma’nodosh so‘zlarga doir 3 ta mashq berilgan (119- 154-, 178-mashqlar). 119-mashqni aynan ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga doir mashq deb bo‘lmaydi. Unda ma’nodosh so‘zlarga doir topshiriq bor. Mashqda Qambar Otaning she’ri berilgan bo‘lib, sharti quyidagicha: “So‘roqlar yordamida harakatni bildirgan so‘zlarni toping va ko‘chiring”. She’rning matni quyidagicha: Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling