N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Adizova

 
 
 


41 
Yaproqlar 
Zumrad, yashil yaproqlar 
Shovullaydi bog‘larda. 
Soyasiga chorlaydi 
Kun qizigan chog‘larda. 
Bizlar uchun chang yutib 
Tozalaydi havoni. 
Ko‘zimizga yashnatib 
Ko‘rsatadi dunyoni. 
Mashq matnidan keyin quyidagicha savol shaklidagi topshiriq 
berilgan: “Yaproqlar, chorlaydi so‘zlarini qaysi so‘zlar bilan 
almashtirish mumkin?” O‘quvchilar yaproqlar so‘zini barglar so‘zi 
bilan, chorlaydi so‘zini chaqiradi so‘zi bilan almashtirish mumkinligini 
aytadi. Bu topshiriqni bajarish orqali o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlar 
haqidagi dastlabki tasavvur hosil bo‘ladi, ya’ni ular ayni bir ma’noni 
birdan ortiq so‘z bilan ifodalash mumkinligini anglaydi. 
154-mashqda “Zarif va Zafar” sarlavhali matn berilgan bo‘lib, matndan 
keyin ma’nodosh so‘zlarga doir topshiriq berilgan. Matn quyidagicha: 
Zarif shaharda yashaydi. U qishloqdagi xolasining uyiga bordi. U 
yerda Zarif Zafar akasiga yordamlashdi. 
Matndan keyin quyidagicha topshiriq berilgan: “Ko‘chiring. 
Yordamlashdi so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.” O‘quvchilar 
yordamlashdi so‘ziga ma’nodosh bo‘lgan ko‘maklashdi, qarashdi
yordam berdi so‘zlarini topib aytadi. Bu mashq o‘quvchilarga berilgan 
so‘zga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z topishni o‘rgatishga 
mo‘ljallangan. 
178-mashqda ikki gapdan iborat matn beilgan. Matn quyidagicha: 
Maktub tashuvchi kabutar haqida eshitganmisiz?Ular bir yurtdan 
ikkinchi yurtga xat tashiydi. 
Matndan keyin quyidagicha topshiriq berilgan: Koʻchiring. Maktub va 
xat soʻzlari qanday ma’noni bildiradi. 
Oʻquvchilar lugʻat yordamida bu soʻzlarning ma’nosini aniqlab 
bu ikki soʻzning bir xil ma’noni bildirishi, ya’ni ma’nodosh ekanligini 
bilib oladi. Bu ikki soʻz ayni bir soʻzni takroran qoʻllashning oldini 
olishga yordam bergan. 
2-sinf ona tili darsligida ma’nodosh so‘zlarga doir ikkita mashq 
berilgan (167-, 232-mashq). 167-mashqda to‘rtta gap berilgan bo‘lib, 
gaplarda ma’nodosh so‘zlar qavs ichida berilgan. Mashqning sharti 


42 
quyidagicha: “Gaplarni o‘qing. Qavs ichida berilgan so‘zlardan 
mazmuniga mosini tanlab, maqollarni yozing”. Mashqda quyidagi 
gaplar keltirilgan : 1. Daraxt (bargi, yaprog‘i) bilan ko‘rkam, odam 
(ishi, mehnati) bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini (bahor, ko‘klam) 
toshirar, odam qadrini (ish, mehnat ) oshirar. 3. (Ko‘klam, bahor) 
ko‘rkam fasl. 4. Duo bilan (el, xalq) ko‘karar, yomg‘ir bilan (yer, 
zamin) ko‘karar. 
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida mashqni quyidagicha bajaradi: 
1. Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam mehnati bilan ko‘rkam. 2. 
Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. 3. Bahor – 
ko‘rkam fasl. 4. Duo bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar. 
Mashqning shartida ma’nodosh so‘zlar atamasi ishlatilmay, yaqin 
ma’noli so‘zlar atamasidan foydalanilgan. Chunki boshlang‘ich 
sinflarda ma’nodosh so‘zlar haqida nazariy ma’lumot berilmaydi. 
Bu mashq o‘quvchida ma’nodosh so‘zlar haqida tasavvur hosil 
qilish va ularni berilgan ma’nodosh so‘zlardan mosini tanlashga 
o‘rgatishga mo‘ljallangan. Mashqning kamchiligi shuki, ayrim 
gapda qavs ichida berilgan ikkala so‘zni ham qo‘llash mumkin. 
Masalan, 2-, 3-gaplarda bahor so‘zini ham, ko‘klam so‘zini ham 
ishlatish mumkin. 4-gapda esa qavs ichida berilgan el so‘zidan ham, 
xalq so‘zidan ham foydalanish mumkin. Binobarin, o‘quvchi “Nima 
uchun u so‘zni emas, bu so‘zni ishlatish kerak?” deb savol bersa
o‘qituvchi bu savolga javob bera olmaydi. Shuning uchun mashqda 
shunday ma’nodosh so‘zlarni berish kerakki, ular bir-biridan hissiy 
ma’no bo‘yog‘i, uslubiy xoslanishi va hokazo jihatdan farq qilsin. 
Berilgan gap mazmuniga aynan bittasi mos bo‘lsin. 
232-mashqda tezaytish berilgan: O‘ktam ko‘m-ko‘k ko‘rkam ko‘klam 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling