N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 “NOE” firmasining ko‘p maqsadli hajmiy qolipi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

18.3.1. “NOE” firmasining ko‘p maqsadli hajmiy qolipi 
“NOE” firmasining tunnel qolipi hajmiy qolip ko‘rinishida bo‘lib, undan 
binoning devori va orayopmasini bir vaqtda barpo etishda ham to‘plam (komplekt), 
ham alohida qismlar holatida foydalanish mumkin. (18.5-rasm). Qolip odatda 
metall qoplamali bo‘lib uzunligi 2,5 va 1,25 m hamda enining moduli 0,3 m 
bo‘lgan standart elementlardan iborat, shuning evaziga har-xil uzunlikli, enlili va 
balandlikli inshootlarni betonlash imkoniyati mavjud. Qolip elementlarining yuqori 
aniqlikda tayyorlanganligi sababli, qolipning barcha elementlarini o‘zaro jips 
birikishiga va betonlangan sirtning silliq va tekis bo‘lishiga erishiladi. 
Mavjud mexanizmlar qolipni yangi joyga qisqa vaqtda sifatli o‘rnatish va 
qayta o‘rnatish imkonini beradi. Betonni qo‘shimcha isitish hisobiga 
mustahkamligini ta’minlash muddatini qisqartirish va qolipni barvaqt ajratishni 
ta’minlash mumkin. 
Orayopma to‘shamalari va devorlar palubasi uchun keng spektrli 
yordamchi-qo‘shimcha elementlarning mavjudligi bois, bu qolipdan oraliq eni 1 m 
dan 7 m gacha hamda balandligi 7,5 m gacha (bunda 0,5m li qo‘shimcha 
qo‘yiladigan narsadan foydalaniladi) bo‘lgan hollarda qo‘llash imkoniyati mavjud. 
Orayopma qolipida tiqin qopqoqning borligi uni xonaning eni o‘zgarsada, qayta 
yasamasdan moslashga imkon beradi.


86 
18.5-rasm. “NOE” firmasining tunnel qolipi: 
a – umumiy ko‘rinishi; b – konstruktiv yechimi; 1 – devor qolipi shchitlari; 2 – 
orayopma shchiti; 3 – tunnelning G-simon elementlarini o‘zaro biriktiruvchi unsuri; 4 – ostki 
tayanch; 5 – ustki (yuqorigi) tayanch; 6 – diagonal tirgak; 7 – ship tayanch-konsoli; 8 – tutib 
turuvchi tayanch burchaklik; 9 – yarim tunnelni balandlik bo‘yicha to‘g‘rilovchi elementi; 10 – 
tunnelni surish g‘ildirakchalari; 11 – tunnelni gorizontal tutashtiruvchi elementi; 12 – 
harakatlanuvchi qism; 13 – ishchi so‘rilar; 14 – qolipni yangi yarus (pog‘ona)ga o‘rnatish sokoli. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling