145
6) RSHIlar orasidagi oraliqlarga birinchi qavatni orayopma plitalari
o‘rnatiladi;
7) Ikkinchi qavatdagi RSHIlar orasidagi oraliqlarga yig‘ma pardevorlar
o‘rnatiladi;
8) RSHIlar orasidagi oraliqqa ikkinchi
qavat orayopma plitalari
o‘rnatiladi;
9) RSHIlar keyingi pozitsiyaga o‘tkaziladi (ko‘chiriladi), bo‘shagan
yacheykalarda yetmagan elementlar o‘rnatiladi;
10) Karkas elementlari montaji ketidan, zinapoya elementlari va
zinapoyalarni marshlari montaj qilinadi.
RSHIlarni boshqa pozitsiyaga ko‘chirish
karkasni fazoviy
mustahkamligini ta’minlagan holda va loyihada nazarda tutilgan payvandlash
ishlari bajarilib, bo‘shatish mumkinligiga ishonch
hosil qilingandan keyin
amalga oshiriiladi. RSHI lar yangi pozitsiyaga ko‘chirilgandan so‘ng, bo‘shagan
yacheykalarda oldin birinchi qavat orayopmalari, keyin ikkinchi qavat
orayopmalari
montaj qilinadi, shu bilan birga orayopma plitalari o‘rnatilganga
qadar yacheykalarga pardadevorlarni qurish uchun kerakli materiallar oldindan
uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: