N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Material elementlarni joylashtirish
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
3.2.3. Material elementlarni joylashtirish
Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga − zaxira yaratishga mo‘ljallangan ob’yekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi. Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi boryo – joriy va ehtiyot tariqasidagi. Biri-biriga bog‘liq ikki ta’minot orasida yetkazilgan material resurslar joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ammo, material va konstruksiyalarni yetkazishdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zilishlarni e’tiborga olgan holda va joriy zahirani bir maromda to‘lmasligini kompensatsiya qilish uchun ehtiyot tariqasidagi zaxira yaratiladi. Odatda, 34
ombordagi yig‘ma konstruksiyalarning minimal zaxirasi 5 ish kuniga yetarli qilib qabul qilinadi. Ishlab chiqarishga taaluqli zaxira darajasi qabul qilingan ishni tashkil etishga − montaj “transport vositalaridan”mi yoki ombordanmi, ob’yektni markaziy ta’minot bazalaridan o‘zoqligi, transport turi va boshqa faktorlarga (omillar) bog‘liq. Konstruksiya va material zaxirasi miqdori ko‘p bo‘lgan omborlar mavjudligi, bir tomondan ishlab chiqarishni uzluksiz ta’minlasa , ikkinchi tomondan qurilishga bo‘lgan investitsiyalarni “muzlashiga” ya’ni qurilishni qimmatlashuviga olib keladi. SHuning uchun bosh pudratchi ob’yekt qoshidagi omborlarni ma’qul hajmlarini topishi kerak. Ob’yekt qoshidagi omborlar yopiq, yarim yopiq va ochiq bo‘ladi. Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar – sement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo‘ljallangan. Ular yer ostida va yer ustida, bir qavatli va ko‘pqavatli, isitiladigan va isitilmaydigan bo‘lishi mumkin. Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o‘zgarishi va havoni namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh nuri va atmosfera yog‘inlaridan himoyalanishi kerak bo‘lgan – yog‘och mahsulotlari , asbestosement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi . Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan materiallar − g‘isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash uchun mo‘ljallangan. Odatda omborlar, ob’yektda xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir. Ochiq omborlarni bir qismi, jumladan konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish maydonida maxsus kranlar – gusenitsali va pnevmog‘ildirakli , 35
chorpoyali va minorali kran-yukortgichlar bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Bu mexanizmlardan yiriklashtirilgan konstruksiyalarni o‘rnatiladigan yoki montaj qilinadigan joyga yetkazishlan oldin transport vositalariga ortish uchun foydalaniladi. Odatda, omborda og‘ir yuklar kranga yaqin masofaga joylashtiriladi, yengil yuklar o‘zoqroq , chunki ular kranni katta qo‘lochida ham ko‘tarilishi mumkin. Joylashtirish maydonlari yog‘in va muzdan erigan suvlarni oqishini ta’minlash uchun tekis , 2...5% oraligidagi nishablik bilan bo‘lishi kerak. Suvni yaxshi o‘tkazmaydigan gruntlarda tekislash bilan birga 5...10 sm li sheben va qum qatlami hosil qilinadi.Kerak bo‘lgan holatda yuza zichlanadi. Har bir konstruksiya va yig‘ma mahsulotlar turlari uchun alohida taxlash joylari ajratiladi. Ular bir-biridan kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan yo‘lkalar bilan ajratiladi. Har turli material uchun joylashtirishning o‘zini qoidalari bor. G‘isht sorti, markasi va yuzasini rangiga qarab taxlanadi. Betartib olib kelingan g‘isht balandligi 1.6 m o‘zaro bog‘langan shtabel shaklida, noto‘liq kavakli g‘ishtlar esa bushlig‘i pastga qaratilgan holda taxlanadi. G‘isht joylashtirilgan paket yoki poddonlar omborda bir-ikki yarus qilib taxlanishi mumkin. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar inventar taglik va qistirmalar ustiga taxlanadi, ularni urnatish joylari yig‘ma elementlarda chizilgan chiziqlarga mos kelishi kerak. Elementlar shtabel qilib taxlanganda ular orasidagi qistirmalar bir- biriga nisbatan vertikal bo‘lishi kerak.Taglik va qistirmalar odatda tomonlarining o‘lchovlari 6...8 sm bo‘lgan kvadrat yuzali bo‘ladi. O‘lchovlar shunday tanlanishi kerakkim yuqorida joylashgan yig‘ma elementlar pastdagi montaj ilintirish halqasiga yoki pastdagi elementlarni chiqib turuvchi qismlariga tayanmasligi kerak (3.4-rasm). 36
3.1-jadval Elementlarni joylashtirish usullari Elementlar Qatorlar soni, elementlarni joylashishi Taxlanish balandligi, m Shtabellarda Poydevor bloklari va yostiqlari, yerto‘lalar bloki 4 2.2 gacha Ustunlar,(kolonnalar) 3...5 − Rigel, progon, peremichkalar 3...4 2.0 gacha Orayopma plita va panellari 8...10 2.5 gacha Balandligi 2 m dan baland yirik devor bloklari Vertikal − Xona o‘lchoviga mos orayopma panellari Vertikal, yotiq − Zinapoya marshlari 5...6 ( zinalar yuqoriga) − Zinapoya maydonchalari 4 gacha − Kassetalarda Devor panellari, balka (to‘sin) lar , fermalar, kran osti balka (to‘sin) lari 1 qator vertikal holatda − Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling