N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


– rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomyopma elementlarini taxlash va montaj


Download 359.27 Kb.
bet51/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

9.2 – rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomyopma elementlarini taxlash va montaj 
qilish sxemasi: 
1 – kran osti to‘sinini alohida oqimda montaji; 2 – tomyopma plitasini tushirish; 
3 – tomyopma plitasini montaji; 4 – montaj krani; 5 –elementlarni tushirish va montaj 
zonasiga joylashtirish uchun qo‘shimcha montaj krani; 6 – ilgakni bo‘shatish troslari; 
7 – arqonlar (tortqilar); 8 – tomyopma fermasi; 9 – kranosti to‘sini. 

Ishlarni bajarishda oqim-uzluksizlik –montaj va u bilan bir vaqtda
hamda parallel ishlarni uzluksiz va bir maromda olib borishdir. Hamma montaj
jarayonlari asosiy parametrlari va unumdorligi bir-biri bilan bog‘langan yuk
ko‘tarish va transport vositalari, hamda boshqa mashina va mexanizmlar
komplekti yordamida olib boriladi.
Oqim bo‘yicha montaj qilishni tashkil etish uchun bino qamrovlarga va
yaruslarga, plandagi o‘lchamlari katta va ish hajmlari ancha yuqori bo‘lsa
montaj uchastkalariga yoki zonalarga bo‘linadi. Xar bir uchastkada ishlarni


104


alohida qurilish tashkiloti bajaradi. U kerakli kranlar, yiriklashtirib yig‘ish
uchun maydon va jihozlar, montaj jihozlari va konstruksiyalarni montajga
o‘zatish uchun transport vositalarga ega. Bir qavatli binolarning har bir uchastok
chegarasida konstruksiyalarni o‘rnatish, ularni to‘g‘riligini tekshirish va
batamom mahkamlash, bir turdagi konstruksiyalarni montaj qilish uchun
o‘zining montaj mexanizmlariga ega bir yoki bir nechta ixtisoslashtirilgan
oqimlar yordamida bajariladi.
Montaj jarayonini oqim usulida oqilona tashkil etishda – kompleks
montaj jarayoni tarkibiy qismlarga bo‘linadi va oldindan qabul qilingan montaj
ritmida olib boriladi. Belgilangan vaqt oraligida montajchi brigadalarni doimiy
tarkibi va mashinalar to‘plami bilan nisbatan bir xil hajmdagi ishlar bajarilishi
kerak. Montajni minimal muddatda bajarish uchun kerakli ish fronti
tayyorlanishi, montaj zonasiga yig‘ma konstruksiyalar o‘z vaqtida yetkazilishi,
montajni oqilona usullari qo‘llanilishi, eng ma’qul montaj kranlari tanlangan
bo‘lishi kerak.
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda xamma montaj ishlari bir
nechta oqimga bo‘linadi. Alohida ixtisoslashtirilgan oqim bilan poydevorlar,
ustunlar, devor to‘siqlari, ba’zida kranosti to‘sinlari montaj qilinadi. Har bir
oqim uchun kranni to‘xtash joyini minimalga olib keladigan kranni optimal
(ma’qul) xarakatlanish sxemasi va shu bilan yig‘ma elementlarni oqilona
taxlashtirish va joylashtirish tanlaniladi.
Bir qavatli sanoat binolari iloji boricha zavod va poligonlarda
tayyorlangan tayyorlov va montajdan keyingi ishlarni qisqarishini ta’minlovchi
butun yoki yirik qismlardan iborat konstruksiya va detallardan montaj qilinadi.
Qurilishga alohida qismlar shaklida keltirilgan konstruksiyalar
o‘rnatishdan oldin yiriklashtirib, bloklarga birlashtiriladi, bunda ularning
massasi montaj kranlarini yuk ko‘tarish va boshqa parametralariga mos kelishi
kerak. Agar sharoit imkon bersa alohida konstruktiv elementlar texnologik
jihozlar bilan birgalikda yiriklashtirilib montaj bloki hosil qilinadi. Shunday


105


qilib chiziqli, tekis, fazoviy va konstruktiv–texnologik bloklar hosil qilinadi.
Konstruksiyalar yiriklashtirilganda ularni montaj jarayonida geometrik shakli
o‘zgarmasligini ta’minlash uchun ayrim hollarda bloklarni vaqtinchalik
kuchaytirish ishlari bajariladi. Agar imkonlar to‘g‘ri kelsa konstruksiyalarni
omborga joylashtirmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasidan montaj qilish
ma’quldir.
Qurilish konstruksiyalari montajini ma’qul usullari haqidagi qaror
mahalliy sharoitni hamma majmualarini e’tiborga olgan holda qabul qilinadi:
ob’yektni foydalanishga topshirish tartibi, bino gabaritlari, montaj kranlari
harakat yo‘nalishlarini maqsadga muvofiqligi, barpo etish turli variantlarini
texnik –iqtisodiy solishtirish. Bino konstruksiyalari montajini harakat
yo‘nalishini tanlaganda texnologik uskunalarni montaj qilish tartibini ham
hisobga olish kerak bo‘ladi. Konstruksiyalarni montaj zonasiga yetkazish uchun
bino ichkarisida transportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatini ta’minlash kerak.
Binoning yon tomoni devor panellarini montaji bilan yopiladi , ammo darvoza
romlari oxirda o‘rnatiladi.


106



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling