N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
– rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomyopma elementlarini taxlash va montaj
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlarni bajarishda oqim-uzluksizlik
9.2 – rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomyopma elementlarini taxlash va montaj
qilish sxemasi: 1 – kran osti to‘sinini alohida oqimda montaji; 2 – tomyopma plitasini tushirish; 3 – tomyopma plitasini montaji; 4 – montaj krani; 5 –elementlarni tushirish va montaj zonasiga joylashtirish uchun qo‘shimcha montaj krani; 6 – ilgakni bo‘shatish troslari; 7 – arqonlar (tortqilar); 8 – tomyopma fermasi; 9 – kranosti to‘sini. Ishlarni bajarishda oqim-uzluksizlik –montaj va u bilan bir vaqtda hamda parallel ishlarni uzluksiz va bir maromda olib borishdir. Hamma montaj jarayonlari asosiy parametrlari va unumdorligi bir-biri bilan bog‘langan yuk ko‘tarish va transport vositalari, hamda boshqa mashina va mexanizmlar komplekti yordamida olib boriladi. Oqim bo‘yicha montaj qilishni tashkil etish uchun bino qamrovlarga va yaruslarga, plandagi o‘lchamlari katta va ish hajmlari ancha yuqori bo‘lsa montaj uchastkalariga yoki zonalarga bo‘linadi. Xar bir uchastkada ishlarni 104
alohida qurilish tashkiloti bajaradi. U kerakli kranlar, yiriklashtirib yig‘ish uchun maydon va jihozlar, montaj jihozlari va konstruksiyalarni montajga o‘zatish uchun transport vositalarga ega. Bir qavatli binolarning har bir uchastok chegarasida konstruksiyalarni o‘rnatish, ularni to‘g‘riligini tekshirish va batamom mahkamlash, bir turdagi konstruksiyalarni montaj qilish uchun o‘zining montaj mexanizmlariga ega bir yoki bir nechta ixtisoslashtirilgan oqimlar yordamida bajariladi. Montaj jarayonini oqim usulida oqilona tashkil etishda – kompleks montaj jarayoni tarkibiy qismlarga bo‘linadi va oldindan qabul qilingan montaj ritmida olib boriladi. Belgilangan vaqt oraligida montajchi brigadalarni doimiy tarkibi va mashinalar to‘plami bilan nisbatan bir xil hajmdagi ishlar bajarilishi kerak. Montajni minimal muddatda bajarish uchun kerakli ish fronti tayyorlanishi, montaj zonasiga yig‘ma konstruksiyalar o‘z vaqtida yetkazilishi, montajni oqilona usullari qo‘llanilishi, eng ma’qul montaj kranlari tanlangan bo‘lishi kerak. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda xamma montaj ishlari bir nechta oqimga bo‘linadi. Alohida ixtisoslashtirilgan oqim bilan poydevorlar, ustunlar, devor to‘siqlari, ba’zida kranosti to‘sinlari montaj qilinadi. Har bir oqim uchun kranni to‘xtash joyini minimalga olib keladigan kranni optimal (ma’qul) xarakatlanish sxemasi va shu bilan yig‘ma elementlarni oqilona taxlashtirish va joylashtirish tanlaniladi. Bir qavatli sanoat binolari iloji boricha zavod va poligonlarda tayyorlangan tayyorlov va montajdan keyingi ishlarni qisqarishini ta’minlovchi butun yoki yirik qismlardan iborat konstruksiya va detallardan montaj qilinadi. Qurilishga alohida qismlar shaklida keltirilgan konstruksiyalar o‘rnatishdan oldin yiriklashtirib, bloklarga birlashtiriladi, bunda ularning massasi montaj kranlarini yuk ko‘tarish va boshqa parametralariga mos kelishi kerak. Agar sharoit imkon bersa alohida konstruktiv elementlar texnologik jihozlar bilan birgalikda yiriklashtirilib montaj bloki hosil qilinadi. Shunday 105
qilib chiziqli, tekis, fazoviy va konstruktiv–texnologik bloklar hosil qilinadi. Konstruksiyalar yiriklashtirilganda ularni montaj jarayonida geometrik shakli o‘zgarmasligini ta’minlash uchun ayrim hollarda bloklarni vaqtinchalik kuchaytirish ishlari bajariladi. Agar imkonlar to‘g‘ri kelsa konstruksiyalarni omborga joylashtirmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasidan montaj qilish ma’quldir. Qurilish konstruksiyalari montajini ma’qul usullari haqidagi qaror mahalliy sharoitni hamma majmualarini e’tiborga olgan holda qabul qilinadi: ob’yektni foydalanishga topshirish tartibi, bino gabaritlari, montaj kranlari harakat yo‘nalishlarini maqsadga muvofiqligi, barpo etish turli variantlarini texnik –iqtisodiy solishtirish. Bino konstruksiyalari montajini harakat yo‘nalishini tanlaganda texnologik uskunalarni montaj qilish tartibini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Konstruksiyalarni montaj zonasiga yetkazish uchun bino ichkarisida transportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatini ta’minlash kerak. Binoning yon tomoni devor panellarini montaji bilan yopiladi , ammo darvoza romlari oxirda o‘rnatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling