N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Turli turdagi binolar montajining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
10.2. Turli turdagi binolar montajining o‘ziga xos xususiyatlari
Yengil turdagi binolar montaji. Bunday bir qavatli sanoat binolarining geometrik parametrlari (oraliq va balandlik), chegaralangan bo‘lib, ularda ko‘pincha ko‘priksimon kranlar bo‘lmaydi. Bunday binolarda ko‘pincha yengil tomyopma konstruksiyalari qo‘llaniladi: to‘g‘ri burchakli kesimga ega etib payvandlangan profillar, quvurlardan tayyorlangan fermalar, strukturali tomyopma konstruksiyalari va boshqalar. Yengil turdagi binolarning xamma konstruktiv elementlari uncha og‘ir bo‘lmagan massaga ega bo‘lib, ularning og‘irligi 8 t dan oshmaydi. Binoning karkasini montaj qilishni boshlashdan oldin, nol siklidagi ishlar tugallangan bo‘lishi, pol osti beton ishlari bajarilgan bo‘lishi kerak, bu esa montaj kranlarini va transport vositalarini to‘siqlarsiz xarakatlanishini ta’minlaydi. Binoning qurilish maydonini yuzasi, uning konstruktiv yechimlari va u bilan bog‘liq konstruksiyalarni xajmini hisobga olgan xolda, tomyopma konstruksiyalarini elementlab yoki blokli montaj qilish qabul qilinadi. Bloklar yig‘ilishi stellajlarda, stendlarda va konveyer liniyalarida amalga oshiriladi. Ramali konstruksiyalarni elementlab, strukturalilar esa faqat yiriklashtirilgan bloklar bilan montaj qilinadi. Elementlab montaj qilish yuk ko‘tarish qobiliyati 10...20 t bo‘lgan o‘ziyurar gusenitsali, pnevmog‘ildirakli va avtokranlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj ishlari yuqori sur’atini ta’minlash uchun konstruksiyalarni uzluksiz montajga yetkazish uchun omborni ishi aniq yo‘lga qo‘yilishi kerak. Konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish IBLda nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda ular montaj qilinayotgan oraliqdagi yig‘uvchi stendlarida emas omborda bajarilishi kerak. SHunda, avtotransport harakati uchun va konstruksiyalarni “ transportdan montaj”i uchun eng qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan bo‘ladi, 108
chunki ularni loyiha holatiga kutarish o‘rnatilish yonida vaqtinchalik taxlanmasdan amalga oshiriladi. Blokli montaj qilishda yuk ko‘tarish qobiliyati 40...50 t bo‘lgan kranlar qo‘llaniladi. Tomyopma bloklarini yiriklashtirib yig‘ish montaj kranlaring ishchi zonalarida, ya’ni binoning montaj qilinayotgan oralig‘ida yoki chegaradosh oraliqda joylashtirilgan maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Stendlarda bloklarni yiriklashtirib yig‘ish yuk ko‘taruvchanligi kichikroq bo‘lgan mobil strelali kran yordamida bajariladi. Montajni qushni oraliqlarga siljishiga qarab stend yangi manzilga (to‘xtash joyi) asosiy montaj krani bilan ko‘chiriladi. Binoning maydoni katta va montaj qilinayotgan konstruksiyalarning hajmi juda ko‘p bo‘lganda tomyopma bloklarini yig‘ish konveyer liniyalarida amalga oshiriladi. Strukturali konstruksiyalarni montaj qilishda, quyidagi montaj qilish texnologiyasi ko‘zda tutiladi. Birinchi bo‘lib ustunlar o‘rnatiladi, keyin ko‘tariladigan joyda 30×30 m tomyopma strukturasi yiriklashtirilib ko‘tarishga tayyorlanadi. Blok loyixaviy holatiga ikkita kran bilan ko‘tariladi (10.1-rasm). Blok maxsus traversalar yordamida to‘rtta joyidan ilinadi. To‘suvchi yengil devorlarni elementlab yoki 3...4 ta paneldan iborat yiriklashtirilgan elementlardan montaj qilinishi mumkin. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling