102
Yengil turdagi binolar gusenitsali va pnevmog‘ildirakli o‘ziyurar strelali
kranlar yordamida; o‘rtacha turdagilar – o‘ziyurar strelali, chorpoyali va
minorali kranlar yordamida; og‘ir turdagilar – yuk ko‘tarish qobiliyati katta
bo‘lgan minorali kranlar, gusenitsali kranlar va yordamchi kran sifatidagi strelali
– machtalar yordamida montaj qilinadi.
Kransiz binolarni montaj qilishda, agar tomyopma
plitasining uzunligi
12 m bo‘lsa va fermalarni massasi og‘ir bo‘lsa, plitalarni montaj qilishda katta
strela qulochi talab qilinganda quyidagi kranlar qo‘llaniladi:
• Yuk ko‘tarish qobiliyati 40 t va undan ortiq, minorali-strela uskunali
gusenitsali kranlar;
• Oraliq o‘lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o‘rtadagi
oraliqda bitta temir yo‘l rels bo‘ylab xarakatlanadigan minorali kranlar;
• Binoning eni 36 m gacha bo‘lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar;
• Binoning eni 66 m gacha bo‘lsa oldindan zo‘riqtirilgan rigelli
chorpoyali
kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta yonma-yon
oraliqlarda montaj ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.
O‘rta va yengil turdagi binolarni montaj qilishda ko‘pincha elementlarni
oldindan montaj zonasiga taxlab terib chiqish usuli qo‘llaniladi. Og‘ir tipdagi
binolarda montaj qilinadigan konstruksiya montaj zonasiga yetkazib beriladi va
transportdan to‘g‘ridan – to‘g‘ri montaj qilinadi (transportdan montaj).
Konstruksiyalarni taxlab – terib chiqish loyihaviy joyiga o‘rnatishdan 1...2
smena oldin bajariladi . Bu oraliqni konstruksiyalar bilan to‘ldirib yubormaslik
va montaj kranini erkin harakatini ta’minlash uchun qilinadi (9.2−rasm).