N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


TCP/IP protokolini o‘rnatish va sozlash


Download 1.34 Mb.
bet117/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

TCP/IP protokolini o‘rnatish va sozlash.

  • Tarmoqda sodir bo‘ladigan xatoliklar va ularni bartaraf etish jarayonlarini tushuntiring.

    1. bob. KOMPYUTERNI ISHGA TAYYORLASH

    Ishlashga tayyor bo‘lgan kompyuter ko‘p pog‘onali tizimni ifodalaydi. Eng quyi pog‘onani apparat vositalari tashkil qiladi, yuqori pog‘onalarda esa dasturiy vositalar joylashadi. Yangi kompyuter ishga tayyor bo‘lishi uchun quyida keltirilgan bosqichlarni bosib o‘tishi talab qilinadi.

    1. Kompyuterning dastlabki apparat qismining sozlanishi. Bunda barcha mavjud apparat komponentlari ko‘rsatkichlarining kelishuvi kompyuterning tizimli platasida joylashgan doimiy xotira qurilmasiga yozilgan (PZU) BIOS SETUP vositasi yor- damida amalga oshiriladi.

    2. Operatsion tizimni o‘rnatishdan oldin qattiq diskni ma’lumot yozish uchun tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun uni formatlash lozim.

    3. Operatsion tizimning o‘rnatilishi kompyuterni ishga tushir ishga va foydalanuvchi bilan muloqatni amalga oshirish- iga imkon beradi.

    4. Qurilmalarning drayverlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha sozlash operatsion tizim tomonidan amalga oshirila­di. Bu drayverlar kompyuterning barcha dasturlarida mavjud qu- rilmalarga murojaat qilish imkonini beradi.

    5. Oxirgi bosqich kompyuter bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni o‘rnatishdan iborat.

    Ushbu keltirilgan bosqichlardan har qaysisi ishlab turgan kompyuterda ham bajarilishi mumkin. Xususan, apparat yoki dasturiy konfiguratsiyani o‘zgartirishga bo‘lgan zaruriyat har doim mavjuddir. Bunda kompyuterning dastlabki tayyorgarligida amalga oshirilgan bosqichlardan foydalaniladi.

    BIOS. Basic Input/Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi. Bu kompyuterning diskka murojaat qilmasdan foydalanadigan, apparatli joylashtirilgan dasturiy ta’minotidir. BIOS mikrosxemasida klaviaturani, videokartani, disklarni, portlarni va boshqa komponentlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy kod saqlanadi.

    Odatda, BIOS kompyuterning tizimli platasiga joylashtirilgan ROM BIOS deb ataluvchi doimiy xotira qurilmasi (DXQ) (ROM, Read-Only Memory) mikrosxemasiga o‘rnatiladi. Bunday texnologiya tizimli plataga nisbatan tashqi qurilma hisoblangan komponentlarning ishlash xususiyatidan qat’iy nazar BIOSdan doimiy foydalanishni ta’minlash imkonini beradi (masalan, yuklovchi disklar).

    Kompyuter tizimini bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir nechta apparat va dasturiy vositalarning qatlami ko‘rinishida ifoda qilish mumkin. Asosan to‘rtta qatlam mavjud bo‘lib, ularning har birini nimbosqichlarga ajratish mumkin (9.1-rasm).

    9.1-rasmda apparat ta’minoti bilan operatsion tizimning ilovalar orasidagi interfeys sifatida BIOSdan f oydalangan ikkita


    Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling