Kolonka/sabvuferga chiqish (Speaker-out/Subwoofer) - chiziqli chiqish Line-out dan farqli ravishda kuchaytirgichga ega bo‘lgan stereo chiqishdir. Bu razyomga (kuchaytirgichga ega bo‘lmagan) passiv kolonkalarni yoki sabvuferni ulash mumkin. Bu razyom olov rangda bo‘ladi.
Sony/Philips raqamli interfeys formati (Sony/Philips Digital Interface Format - S/PDIF) - bu razyom tovush kartasining tashqi tomonida hamda plataning o‘zida joylashgan bo‘lishi mumkin. U kompyuterga tashqi audio qurilmalarni ulashga
imkon beradi, masalan, DVD-yangratgichi yoki uy kinoteatri. Signal bunday razyomlar orqali analog qurilmalarga xos bo‘lgan halallarning kelib chiqishidan holis bo‘lgan raqamli ko‘rinishda uzatiladi.
MPC-3 CD-kirish (CD-in) - kompakt-disk uzatmasidan tovush kartasiga axborotni analog formatda jo‘natishga imkon beruvchi maxsus razyom.
Do'stlaringiz bilan baham: |