107
6.5-rasm. Dolby Digital 5.1 hajmli tovushli akustik tizim.
Bu kabi tovush kolonkalarining tuzilishi juda soddadir. Plastmassali g‘ilofda 2 ta dinamik kallaklar o‘rnatiladi, ularning biri quyi chastotali, ikkinchisi yuqori chastotali bo‘ladi. Kolonkalardan (faol kolonka) birining ichida 220 V tarmoqdan quvvat oluvchi kuchaytirgich mavjud. Passiv kolonka shu kuchaytirgich chiqishiga ulanadi. Kolonkalarning chastota diapazoni taxminan 100-15000 yoki 80-18000 Hz ni tashkil etadi.
Yanada yuqori sifatli tovush olish uchun, yuqori sifatli kolonkalar yoki Dolby Digital 5.1, tarkibida sabvufer va beshta kolonka - ikkita old tarafda, ikkita orqa tarafda va bitta markazda bo‘lgan hajmli tovush tizimini qo‘llovchi tovush kartasi zarur (6.5-rasm). Bunday tizimlar, odatda, tovush platasidagi Speaker-out/Subwoofer (kolonka/ sabvuferga chiqish) yoki S/PDIF razyomlari yordamida kompyuterga ulanadi.
Oltita kolonkadan iborat tovushli majmuani qo‘llashda, ularning joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. Kolonkalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi DVD formatdagi videofilmlarni max- sus effektlar bilan ko‘rish imkonini bermaydi. 6.6-rasmda yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi keltirilgan.
6.6-rasm. Tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi.
Mikrofon va naushniklar. Mikrofon - tovush tebranishini elektr tokining tebranishiga o‘zgartirib beruvchi elektr akustik asbob bo‘lib, kiritish qurilmasi hisoblanadi. Mikrofonlar telefon va magnitofon, tuvushni va video tasvirni yozish kabi qurilmalarda, radio va televideniyada, radioaloqa uchun hamda ultratovushli nazorat va o‘lchash uchun qo‘llaniladi (6.7-rasm).
Ishlash tamoyili bo‘yicha mikrofonlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |