Tashqi qurilmaning kirishi (MPC-3 Aux-in) - boshqa quril- malarni (masalan, ikkinchi kompakt-disk uzatmasi) ulash uchun mo‘ljallangan razyom. Tashqi ko‘rinishdan CD-in ga juda o‘xshaydi.
Modem ulanishi uchun kirish-chiqish (MPC-3 Modem- in/out) - ushbu razyom modemni ulash uchun qo‘llaniladi. U internet orqali teleanjuman o‘tkazish uchun zarurdir. Bu razyom yashil rangda bo‘ladi.
Turli xil qo‘shimcha platalarni ulash uchun mo‘ljallangan razyom - eng katta o‘lchamga ega va IDE ga juda o‘xshaydi. Tovush kartasiga ulangan qo‘shimcha platalar uning imkoniyatini kengaytiradi. Undan tovush bilan ishlovchi mutaxasislar foydalanadilar.
Ba’zi tovush kartalari joyni tejash uchun tashqi panelida tashqi qurilmaning birdaniga bir nechta razyomlari (S/PDIF, Line-in/out va MIDI) ulanishi mumkin bo‘lgan bitta maxsus razyom qismiga ega.
Tovush adapterining ichki komponentlari
Do'stlaringiz bilan baham: |