7.4-rasm. Videokartaning interfeys qismi.
Videodrayver. Dasturiy drayver - bu videotizimning elementi bo‘lib, uning yordamida dasturiy ta’minotning videoadapter bilan aloqasi amalga oshiriladi. Videoadapter yuqori tezlikda ishlaydigan protsessor va eng samarali xotira bilan jihozlangan bo‘lsa ham, yomon drayver bu xususiyatlarni yo‘q qilishi mumkin. Videodray verlardan videoadapterning protsessorini quvvatlash uchun foydalaniladi.
Eng unumdorli videoadapterlardan biri 7.5-rasmda ko‘rsa- tilgan. Uning ba’zi bir komponentlari ventilator va issiqlik yo‘naltirgichni o‘z tarkibiga olgan grafik protsessorning (GPU) sovitish tizimi ostida joylashgan.
Asosan, hamma videoadapterlar uch o‘lchamli grafikaga katta tezlikda ishlov beruvchi mikrosxemalar to‘plamidan foydalanadi.
7.6-rasmda TV-tyuner, videokirish va videochiqish funksiyalari bilan jihozlangan ATI TV Wonder 650 adapteri ko‘rsatilgan.
Bu adapter PCI Express x1 interfeysi, analog telesig- nallarning, FM-radio, S-video, stereo-audio va HDTV tele- signalining kirishi bilan jihozlangan, ammo boshqa platalarda PCI interfeysi amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |