128
Sozlash ko‘rsatkichlariga qarab, Web-kameraga videotas- virlardan foydalanish imkoni tarmoqning hamma foydalanuv- chilariga yoki faqat mualliflashgan foydalanuvchilarga ochiq bo‘lishi mumkin.
UY
7.14-rasm. Web-kameraning tarmoqda ishlashi.
Web-kamerani o‘rnatish va ulash. Web-kamera Internet tarmog‘iga 10BaseT/100BaseTX/1000BaseTX Ethernet porti orqali yoki modem yordamida ketma-ket port orqali ulanadi. Tarmoqqa jismoniy ulangandan so‘ng Web-kameraga IP- manzil beriladi. Web-kameraga IP-manzil so‘rovsiz berilmaydi, u standart web-brauzerning mos funksiyasi yordamida yoki web-kameraning seriyali raqamidan identifikatsiyalash uchun foydalanadigan DOS buyrug‘i yordamida o‘rnatiladi. Web-server, FTP-server, FTP-mijoz, e-mail mijozi uchun joylashtirilgan dasturiy ta’minot tufayli web-kamera bevosita LAN/WAN/ Internet tarmog‘iga ulanadi va unda mustaqil tarmoq qurilmasi kabi ishlaydi. Bu xususiyat web-kamerani shaxsiy kompyuterga albatta USB yoki LPT port orqali ulanishni talab qiladigan oddiy kompyuter kamerasidan farqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |