N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet100/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

129

Ko‘p ishlab chiqaruvchilar Web-kamerani xona ichiga yoki ko‘chaga o‘rnatish uchun kamera g‘ilofining konstruksiyasiga maxsus mustahkamlagichni o‘rnatadilar. Bu mustahkamlagichdan Web-kamerani devorga, shiftga va buriladigan qurilmalarga o‘r- natish uchun foydalaniladi. Ayrim internet-kameralarda gori- zontal yoki vertikal yuzalarda montaj qilish uchun joylashtirilgan buriladigan qurilmalar mavjud.

Web-kameraning tuzilishi va ishlash tamoyili. Zamonaviy web-kamera videotasvirni kompyuter tarmog‘i bo‘yicha videosurat- ga olishni, raqamlashtirishni, siqish va uzatishni amalga oshiruvchi raqamli qurilmadir. Shuning uchun web-kamera tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:

  • PZS-matritsa (ZAA, CCD-zaryadli aloqali asbob) - o‘ziga tushayotgan yoruqlikni elektr signalga o‘zgartiruvchi, to- monlar nisbati 3:4 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yorug‘likni sezadigan yarimo‘tkazgichli plastina.

  • Obyektiv - bu kuzatilayotgan obyekt tasvirini web-kame- raning yorug‘likni sezadigan elementiga proeksiyalash uchun mo‘ljallangan linza tizimidir.

  • web-kameraga o‘rnatiladigan optik infraqizil filtrlar, optik aniq bo‘lgan yassi parallel plastinalar ko‘rinishida bo‘ladi.


  • Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling