N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V

bet17/18
Sana18.10.2017
Hajmi
#18133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati  bor,
0 ‘ziga xos  qiziq,  ajib 
Odati bor 

Tunda yerga,  kunduz esa 
Kunga  boqar.
Shu boisdan yeru  kunga 
Birday yoqar.
Qomi to ygach,  *yig‘ib oiar»
U esini.
Quyoshga ham  ko ‘rsatadi 
Elkasini....
Bu  she’rda o ‘zbek xalq og‘zaki  ijodiga xos boiiniy paraJlelizm  uslubi 
gavdalangan. Kungaboqaming o ‘ziga xos xususiyatlarí, o ‘sish, «yashash» tarzi 
yashirin  ravishda  insonga  qiyoslanadi.  Darhaqiqat,  ayrim   laganbardor 
odamlaming  rahbaru  amaldoriarga  yaltoqlanishi,  ulam ing  og‘ziga  qarab 
turishi va ularga egilib-bukilib turish manzaralarí barchaga ayon va m a’lum. 
Qolaversa,  hayotda  ba’zi  kishilar  borki,  ular  ishi  bitgach,  yaxshilikni  tez 
unutadilar,  ezgulik  qilgan  insonga  hatto,  «elkasini  ko‘rsatadi»lar.  She’rda 
shu  lavhalar badiiy jihatdan  yaxshi  tasvirlangan.
«Soyam  bilan  o ‘y  nay man*  sh e'rid a ayrim  subutsizlar  timsoli  yorqin 
ifodalangan.  Bola o‘z soyasi bilan d o ‘st tutinadi,  o ‘ynaydi.  Biroq,  soya esa 
bola yursa-yuradi,  tursa-turadi.
Bolada  qiziq  bir  xususiyat  bor.  Kimdir  uning  qilgan  ishini,  xatti- 
harakatini  takrorlayversa,  aytgan  so‘zini  botbot  aytaversa...  «Meni  ermak 
qilayapti* deb bolaningjahli chiqadi. «Soyam bilan o ‘ynayman» she'ridagi 
link qahram on ham shu holatga tushadi va o‘z soyasiga:
«—  Ey,  soyajon!  Qilmagin  ermak.  Shunday  qilsang,  D o ‘stmassan, 
demak*,  deya tanbeh beradi.  Lekin soya «bilganidan qolmaydi*.
Shunda link qahramon  o ‘zining ichki mhiy holatini,  Idchkintoylarga 
xos  iztirobini,  noroziligini  to ‘kib  soladi:
«Po'm»  desam-da,
Ergoshib  kelar.
Undan  odam 
Qanday qutilar?!
Shoiming  «Qo'rqoqlik»  she'ridagi  yosh  lirik  qahram on  nohaqlikka, 
adolatsizlikka,  loqaydlikka  qarshi  isyon  ko‘taradi.  Shu  isyon  ruhi  badiiy- 
publisistik uslub orqali tasvirlanadi. «— Dada, katta bir bola M eni nohaqdan 
urdi. Yordam bermay o‘rtog‘im   Qo‘rqoqlik qilib turdi».  Murg‘ak bola og‘ir
www.ziyouz.com kutubxonasi

ahvolga  tushganida  o ‘rtog‘ining  himoyasini  kutadi.  S hunda  o ‘rtog‘i 
ko‘maklashmasa, yonini olmasa, u iztirob chekadi. Va bola dadasidan so‘raydi:
Sizni ham  mett  singan,
Birov  nohaq  urganmi?
Shunda  do \stingiz chetda 
I
Yordam bermay turganmi?
Bu  holat  nafaqat  bolalarga,  balki  kattalarga  ham  xosdir.  Bir  kishi 
ikkinchi kishirii begunoh, adolatsiz ravishda xafa qilsa yohud xo‘rlashga harakat 
qtlsa, bundan og‘iri bo‘lmas. D arhaqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab 
turadi. Shoim ing «Qo‘rqoqlik* sh e'rid a tasvirlangan voqea-hodisada hayot 
koloriti  bilan  poetik  kolorit  bir  dialektik  yaxlitlikka  ega.  Bolalar  shoirí 
k ic h k in to y la r  h ay ot  ta rz in i,  ich k i  dunyosini,  f e 'l- a tv o r in i,  ruhiy 
kechinm alarini, fikrlash darajasi va koMamini, eng asosiysi, ulam ing shirin, 
chuchuk tilini  yaxshi bilishi asosiy mezondir.  Shoir Safo  Ochil she'rlarini 
o ‘qir  ekanm iz,  uning  shu  fazilatlaríni  kuzatamiz.
O datda,  bolalar  tabiat  manzaralarini,  hayvonot  va  qushlar  dunyosini 
boshqalardan  ko‘ra  ko‘proq  sevadi,  o ‘zgacharoq  his  qiladi  va  idrok  etadi. 
Shoir she’rlarida bolalaming shu xislatlari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil 
qilinganki,  ular murg'ak qalblaming  ruhiyatiga samarali ta’sir qila oladi.
«Yarador  qushcha»  she'rida  ilgari  surilgan  badiiy-pedagogik  g‘oya 
qushlarga  nisbatan  mehr, g‘amxo‘riik tuyg‘ularini shakllantirishga yordam 
beradi. S h e ' rda poetik voqea-topilma tush orqali ifodalanadi va nazmiy til 
orqali «so‘z!ab» beriladi. Kichkintoyning o‘zitushida uchib yuradi. Yonginasida 
uchayotgan  qushchani  otishadi  va bola qulayotgan yarador shu qushchani 
ushlab  oladi.  Keyin  yaralarini  bog'lab,  unga  yordam  ko‘rsatadi.  Lirik 
qahramon qushchaning chekayotgan azobi, qiynalib chirqirashiga chidolmay 
yigiab yuboradi va uyg‘onib ketadi. Va bola deydi:
Tushdagidek  ne  uchun,
Uchib yura  olmayman.
Yarador qushchamni men 
Nahot k o ‘ra  olmayman.
Tushdagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qushchasiga rahm- 
shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qamrab oigan. Boshqacha aytganda, 
murg‘ak  qalbda  sog‘inch  dardini  uyg‘otish va  shakllantirish  lirik yo‘sinda 
talqin  qilingan.
«Yarador qushcha* she'rining ikkinchi qismida awalgi poetik m a'n o  
va  maqsad  ravshanlashtiriladi.  Y a 'n i  o ‘yin  qaroq  bolaning  toshbag‘irligi, 
ozor  chekkan  qushning  iztirobi  va  nihoyat,  rahmdil  kichkintoyning
www.ziyouz.com kutubxonasi

odobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuyianganki, bu turfa fe ' l-atvorlar 
o ‘quvchi  ruhiga  samarali  ta 'sir etadi.
0 ‘yin qaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi. Boshqa 
bir  bolatipirchilab chalajon yotgan qushchani m ushukdan olib qochadi va 
unga in yasaydi, yarasini bog'lab, malham qo‘yib, d o n -d u n  berib, parvarish 
qiiib turadi. Qushcha esa yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi.  Rahm-shafqatli, 
odobli  bola uning bu  holatini  his qiJadi.
TuzQlgach  asta-sekin,
Zerikdi u  qafasda.
Qolgan kabi armonda,
Uchsam  derdi  osmonda.
Uni yaxshi ko'rardim,
Darrov  qotyb yubordim.
Shoiming  *Men*i  tutqunlikda qiynalayotgan  qushchani  ozod  qiladi. 
U bundan zavq-shavq oladi.  Bu yerda ozodlik, erkinlik g‘oyasi bola tilidan 
falsafiy  yo‘sinda  ifodalangan.  Zikr  qilingan  poetik  m a ’noni  ochib  berish 
uchun muailifjonli hikoya uslubtni tanlaganki, u sh e 'rg a  nafis va ohangdor 
pafos hamda joziba bag‘ishlagan.
Safo  Ochil  «Tog‘  lavhalari*  (turkum),  «M udraydi  qishloq»,  «Ey, 
qor»,  «Qor  bola»,  «Qish»,  «Oqshom»,  «Ko‘klam   q o ‘shig‘i»  she'rlarida 
tabiat manzaralarini chizish orqali boialaming estetik didini shakllantirish, 
«Kurashchi bola*da sportga mehr, «Xazonlami supurmang»da insonparvarlik, 
«Yaxshilikning yovlari»da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa 
ko‘pgina she' rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg'ular 
rango-rang bo‘yoqlarda chizilgan.
Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta’sir qilgan 
shoir.  Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili ravon, sermazmun, ohangdor, 
shuningdek,  ulaming  har  biri  muayyan  poetik  maqsadga  yo‘naltirilgan. 
Shuning  uchun  shoim ing  aksariyat  she’rlari  osongina  kuyga  tushadi, 
boshqacha  aytganda,  kuy she’m ing o ‘zida.  B astakor ularga qiynalmasdan 
kuy bastalaydi, ja^igina ijrochi osongina kuylay oladi.  «Gul ekaman», « 0 ‘z 
tilim»,  «Ota-ona duosi»,  «Osmonimiz tiniq boMsin» singari she’rlar shular 
jumlasidandir.
Masal  boialaming  sevgan  janrlaridan  hisoblanadi.  Chunki  qushlar, 
sudralib yuruvchilar,  hayvonlar va shu  kabilam ing xatti-harakati,  ulam ing 
o ‘ziga xos xususiyatlari  goh  kulgili,  goh  satirik yo'sinda  tasvirlanadi.  Safo 
Ochilning  «Qarg‘avabulbuU,  «Ilon  vatipratikon»,  «Tuyabilan  kuchuk», 
«Tovuq va simob pontomimasi», «Qurbaqa va sigaret» singari masallari badiiy 
yuksak mahorat bilan bitilganki,  ular boialam ing diqqatini o‘ziga tortadi.
Xayoliy  ramz  va  timsollar,  kutilmagan  hayotiy  voqea  va  hodisalar,
www.ziyouz.com kutubxonasi

odatdan tashqari o ‘xshatish va istioralar, go‘zal tasnif va tasvirlar, g‘aroyib 
sarguzashtlar  va  m ardliklar  va  shu  kabi  badiiy  unsurlar  muayyan  syujet 
chiziglda birlashadi. Bunday hikmatlaigaboy dialektik yaxlit topilma bolalar 
diqqat-e’tiborini qozonadi, o ‘z «bag‘ri»ga ohangrabodek tortadi. Bu, ko'pincha, 
doston, ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir.
Shoir-olim Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham shunday 
fazilatga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan m uig‘ak qaiblardan tez o ‘rin 
olish qudrati mavjud. Adib doston va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik 
emas, balki ularda voqea va hodisalami ilmiy tahlil va tadkiq etish samarasi 
ko'zga tashlanadi.  Darhaqiqat,  shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy- 
nazariy jihatdan yondoshadi.
Shoirning «Gavhartosh» ertak-dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib 
yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan boMib, unda ota qadri, uning 
m a'naviy-axloqiy  hikm atlari  badiiy  ifodasini  topgan.  Dostonning  link 
qahramoni muayyan jamiyatda asriar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan 
urf-udum va an 'an alarg a qarshi bosh ko‘taradi.
Chambil degan  mamlakatda ota yoxud ona qarigach,  ular tog‘  ortiga
—  ilonlar  m akoniga  olib  borib  tashlangan.  Ju r’at  shohlaming  udumga 
aylangan bu farm onidan nafratlanadi:
Farmoningga ming la \nat,  ey,  shoh,
Farmoningdan  o ‘rgildik,  tojdor.
Udumlaring tufayli,  evoh,
N ahot bola  Otaga ag*yor!
Shoir  «o‘rgildik»  so‘zini  k o ‘chm a  m a 'n o d a   ishlatgan  b o ‘lib,  u 
nafratlanish  m a'n o sin i  beradi.  Bu,  o‘z  navbatida,  she'iga  poetik  effekt 
(samara,  pafos)  baxsh  etgan  va  u  fikr  ta'sirchanligini  oshirishga  xizmat 
qilgan.
Lekin  Ju r’at  h am   taqdirga  tan   berib,  otasini  yelkasiga  ortib,  ilonlar 
saltanatiga yaqin joyda  bir xarsang  toshga o‘tqazib,  dam oladi.  Shu  yerda 
otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini, uxlab yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi:
«Men ham senday sher kabi olg Hr,
Kuchga  to ‘lgan  yigit bo'lganman.
Qirq y il burun  bobongrti,  axir,
Shu  tosh  uzra  olib  kelganman».
Shu  to‘rtlik  m a ’nosida  «Qaytar  dunyo  bu*,  «Keyinchalik  bu  qismat 
sening ham boshingga keladi* degan hikmat yashirin. Biroq, bu hikmat bolalar 
tafakkuiiga, dunyoqarashiga va ichki dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy 
uslub bilan berilganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Xalqimizda  «Qarí  bilganni  parí  bilmas»,  degan  naql  bor.  Shu  maqol 
m a' nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihatdan asoslanadi. Johil 
shohga  dengizning  oqmas  qismi  —  chuqur  soy  tubida  gavhar  ko‘rinadi. 
0 ‘sha hududdagi yosh yigitlar gavhami olib chiqishga majbur qüinadi, Biroq, 
uni hech kim olib chiqolmay suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi. Navbat Ju r' atga 
yetadi va bo‘lgan voqeani yertoladagí otasiga bayon qilib beradi. Ota «Dedi 
so‘ngra nosni tupurib:  —  Bormi o ‘sha joyda bir daraxt? J u r'a t dedi: —  H a, 
bitta chinor». So‘ngra ota gavhaming chinor aro burgut uyasida ekanini aytadi. 
Darhaqiqat, suv ostidagi  burgut uyasidagi gavham ing aksi edi.
Bu  yerda  hayot  koloriti  bilan  badiiy  kolorit  uyg‘unlashib,  singishib 
ketganki,  u  bolaning  fikrini  teranlashtiradi  va  shu  bilan  birga  unda  asar 
davomini 
0‘qishga qiziqish ortadi.  Bu badiiy tafakkuming qudratidir.
Ertak-doston  boshqa  ertaklarga  xos  lirik  qahram onning  g‘alabasi, 
ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka ishonch tuyg‘ularining 
ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni inson hayoti va turmushini oyoq osti qiluvchi 
g‘oyalar  ustidan  insonparvarlik,  qariyalarga  g‘amxo‘rlik,  vatanparvarlik 
g‘oyalarining  muborak tantanasi  asaming  asosiy salmog‘ini  tashkil  qiladi.
Safo  Ochilning  «Burgut»,  «N odir  pahlavon»,  «Temirchi  bobo  va 
boyo‘g ‘li»  kabi  ertaklari  ham  bolalam ing  m a'naviy-axloqiy  va  estetik 
taibiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli barcha asarían 
m illiy  istiqlol  g‘oyasi  bilan  sug‘o rilg an   boMib,  u lar  m illiy  b o la la r 
adabiyotining ravnaq topishida  muhim o ‘rinni egallaydí.  Bunda shoim ing 
filolog  va  pedagog  olim  sifatidagi  iste’dodi  q o ‘l  kelgan.  Safo  O chilning 
bolalar uchun yozilgan asarían badiiy va pedagogik jihatdan tadqiqotchilarini 
kutmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ANVAR  OBIDJON
(1947 yilda tug‘ilgan)
So‘nggi yillar o ‘zbek bolalar adabiyotini  o ‘zining qisqa va  mazmunli 
she’rlari, qiziqarii hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan 0 ‘zbekiston 
xalqshoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947 yilda Farg'ona viloyatining 
Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi 0 ‘zbekiston milliy universitetining 
jumalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jumallarda xodim, 
bo'lim   mudiri  bo‘lib  ishlagan.  «Cho‘Ipon*  nashriyotida  bosh  muharrir, 
direktor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Anvar  Obidjonning  1974  yilda  «Ona  yei>,  1980  yilda  «Bahromning 
hikoyalari*,  1983  yilda  «Ey,  yorug‘  dunyo»,  «Olovjon va uning do‘stlari*, 
«Alamazon i yego druzya»,  1985 yilda «KetmagiU, «Bezgak shamoU,  1986 
yilda «Masxaraboz bola»,  1987 yilda «Akang qarag‘ay Gulmat»,  «Juda qiziq 
voqea»,  1988  yilda  «O ltin  yurakli  avtobola*,  1989  yilda  «Dahshatli 
meshpolvon*,  1990  yilda  «Erliklar>,  1992  yilda  «Alamazon  va  Gulmat 
hangomasi»,  1993  yilda  «Ajoyibxona»,  1994  yilda  «Meshpolvonning 
janglari*,  1996 yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o‘g‘ri*,  1999 yilda «Oltiariq 
hangomalari», 2001  yilda «Bulbulning cho‘pchaklari* kabi qator to'plamlari 
ch o p   etilgan.
Aytishlaricha,  Luqm oni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon 
boMib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan 
bin:
—  Ey hakim,  sen  falon yerda cho‘ponlik qilgan  kishi  emasmisan? — 
deb  so‘rab  qoldi.
—  Ha,  o‘sha  c h o ‘ponm an,  — javob  berdi  Luqmon,  —  hozir  ko‘rib 
turibsanki  hakimman.
— Bu darajaga qanday erishding? — so‘radi yana u. Luqmoni hakim unga:
— To‘g‘ri so‘zlashdan, odamlaiga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat 
qilmaslikdan,  yolg‘on  so‘zlamaslikdan,  behuda  gapirmaslikdan,  musibat 
va qiyinchiliklarga m ardona chidashdan, o‘zimni barchadan kam olishdan!
—  deb javob  berdi.
A nvar  O bidjo nnin g   b u tu n   ijodi  yuqoridagidek  vazifani  o-zida 
mujassamlantirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalami kamtar. 
odobli,  o'qimishli,  vatanparvar  boMishga  undab  keladi.
Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh 
bo r  joyda,  nur  bor,  n u r  b o r joyda  ma’murchilik,  xursandchilik  bo‘ladi. 
M a ’m urchilik,  xursandchilik  bor  joyda  g‘am ,  kulfat,  ofat  b o ‘lmaydi, 
tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo‘ladi. Shoiming « 0 ‘zimning quyoshim» 
asari xuddi shu ezgu m aqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad 
katta quvonch, shodlik bag‘ishlab kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

She’rjuda oddiy, sodda va hayotiy.  Bolalar b o ‘r,  ko‘m ir bilan yo'lm a, 
yo‘I,  maydonchalarda  quyoshning  rasmini  chizib  q o ‘yganligini  ko‘p  bor 
uchratamiz. She’r xuddi shu voqeaga bag‘ishlangan.  U  bolalaming dil so‘zlari 
asosiga qurilgan. M ana siz ham tinglab ko‘ring:
Ona quyosh  aksingni 
Chizdim yo'lakka.
Sen  hammaga  mehribon,
O ‘zing  bo'lakcha.
Nur tushmagan joyiarda 
Kezarmish  kulfat.
Yo ‘lagimni  hech  qachon 
Bosmasin  zulmat.
Anvar Obidjonning  «Latifachi  oyim*  s h e 'ri  nafaqat  shoiming,  balki 
butun  o ‘zbek bolalar adabiyotining katta yutug‘i  hisoblanadi.  Asarda bola 
ta ' lim-taibiyasida xalq og'zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi. Xalq azal- 
azaldan xalq og‘zaki ijodini astoydil sevgan.  Farzandlarini alia, ertak, maqol, 
tez  aytish,  topishmoqlar aytib berish  bilan  tarbiya  qilgan.  Bunday bolalar 
sog‘lom,  tetik,  pok,  o ‘ktam,  polvon,  vatanparvar,  ota-onaga  muhabbatli 
bo‘lib o ‘sgan.  Bu a n 'a n a  bugungi kunda ham  davom  etib keladi.
Yana birgap. Agarbolaning vujudi xalq og‘zaki ijodi bilan y o g 'rilgan 
b o lsa, uni tinglashni hamma narsadan ustun qo'yadi. Olaylik, ham m abola 
shirinlikka o‘ch boladi. Ba’zi bolalar shirinlik desa o ‘zini tomdan tashlashga 
ham   tayyor  turadi.  Lekin  ba’zi  bolalar  buvilar,  bobolar,  onalar,  otalar 
tilidan  tinglaydigan  alia,  ertak,  topishm oq,  tez   aytishni  o‘sha  lazzatli 
shirinlikdan ham afzal ko‘rishadi. Kerak b o isa  
0‘zlariga kulgi, jasorat, orom  
bag'ishlaydigan  xalq  og‘zaki  ijodini  kechasi-yu  kunduzi  tinglashga  tayyor 
turadiganlari ham yo‘q  emasligini Anvar Obidjon ishonarli qilib tasvirlaydi:
Qand uzatsa ham 
Oyim,
Tinmay yig ‘lar 
Guloyim.
Aytgach  qizJq 
*,Afandi»
Singlim  darrov 
Yupondi.
Kichkintoylami kelajakda sogMom, dovyurakboMib kamol topishlarida 
oila,  atrof-m uhitning  ta’siri  kuchli  bo'ladi.  Bu  g‘oya  Anvar  O bidjonning 
«Dorboz bola» she’rida ko‘zga tashlanib turibdi.  Shoir ta’kidlab o ‘tganidek,
www.ziyouz.com kutubxonasi

kichkintoylar o ‘y -o ‘ylashni, xayol surishni, o ‘zlarming tengsiz o ‘y-xayollari 
bilan  o'sishni  orzu  qilishadi.  Dorbozlik  san’ati  ota-bobolarimizdan  bizga 
meros  bo‘iib  keladi.  Bu  o‘ta  darajada  nafis,  chaqqonlik,  ehtiyotkorlik, 
dovyuraklik ishi.  Bu ishni uddalash, dorga chiqish o‘y, xayol bilan bitmaydi. 
Qayta-qayta mashq, chidam, dovyuraklik, ehtiyotkorlik bilangina bu maqsadga 
erishiladi. Bolalar dorga chiqish, sim ustida tomosha ko‘rsatish haqida qancha 
o'yiamasinlar, xayol surmasinlar xolva degan bilan og‘iz chuchimaganidek 
dor ustida ham yura olmaydilar:
Langarcho ‘pni tnahkam  ushla,
O yn a ,  lochin/
Botirlaming ko'nglin  xushla,
O yn a ,  lochin!
Qo *rqoq esa xavas qilmay,
Turaversin.
Ehtiyot bo %  deb maslahat 
Beraversin.
Rivoyat qilishlaricha,  bir podsho bulbul  ovozini  tinglashni juda  hush 
ko‘rar ekan.  Bir s o iim  go‘shadan bitta bulbulni ushlatib kelib oltin qafasga 
solib qo‘yibdi. Bulbulni parvarish qilishni, unga yaxshi qarashni xizmatchilar, 
vazir-u vuzoralarga topshiribdi. Oltin qafas ichida bulbui kechasi-yu kunduzi 
xonish  qilibdi.  Bulbul  o*z  qo‘shig“ida  do‘st-yorini,  ozodlikni,  ko‘m -ko‘k 
go‘shasini,  erkinlikni  sog‘inganligini  q o ‘shib  aytibdi.
Bulbul tilini, qo‘shig‘ining m a’no va mazmunini tushunmaydigan podsho 
uning dardli xonishidan behad yayrab dam olar ekan. Lekin bulbulda o‘z eliga, 
vataniga muhabbat kuchli ekan.  Kundan-kunga u oltin qafas ichida siqilgandan 
siqilibdi, ozib-to‘zib ketibdi. Kunlardan bir kun bir iloj qilib qafas teshikchasidan 
bc«hini chiqaribdi, qarasaki tanasi ham sig‘ibdi, bir intilfeh bilan oltin qafasdan 
chiqib olibdi.  Bor kuchini to‘plab, o‘z makoniga parvoz qilibdi. 0 ‘z go‘shasiga 
kelsa, quig‘oqchilik bo‘lib chor tomon vayrona bolib yotgan emish.  Bundan u 
zarmcha afeuslanmabdi. Aksincha, xursand bolibdi. N ^ a k i ubugun ozod, erkin. 
Xohlagan tomonga ucha olishidan baxtiyor emish.
E’tibor bering.  Ozod  bulbulga  oltin  qafas  ham,  podsholarcha  qarov 
ham   kerak emas.  U nga  vayrona bo‘lsa  ham o ‘z uyi,  vatani  kerak.  T o‘yib 
ovqat  yemasa ham ,  yelka  kerib yashamasa ham o ‘z kulbasi bilan baxtiyor. 
Anvar Obidjonning «Vatan* asarida vayronada yashaydigan  Boyqush ham 
xuddi  bulbul  kabi  o ‘z   hayotidan  mamnun,  vayronasi  bilan  shod.  Negaki 
vayrona bo‘Isa ham o ‘z uyi bon
—  Senga  bitta savol bor,
Menga  quloq sol,  hoy,  qush.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Vayronada yashaysan,
Noming esa  naq  Boyqush.
Ayt-chi,  nahot sen  boysan?
—  Asl boylik neligin 
Tushunmaysan, chamasi,
Bu  — vayrona  bo ‘Isa  ham,
0 ‘zimniki hammasi,
Shuning  uchun  men  boyman.
Dunyoda  eng  yom on  odat  bu  ochko‘zlikdir.  Nafsni  tiyish,  ochko
‘7 
bo‘lmaslik boylik hisoblanadi.  Kimki  nafsni tiyib,  yon-atrofga quloq solil 
yashasa faqat yutadi,  el-yurt  o‘rtasida obro‘-e ’tibori  oshib boraveradi.  Bir 
misol.  0 ‘tmishda  bir  kampiming bir  chiroyli  tovug‘i  bor  ekan.  Bu  tovuq 
har ikki kunda bir m arta tuxum qilar ekan.  Kam pir ikki  kunda bitta tuxum 
olishga qanoat qilmabdi.  Bir kuni  u o ‘ziga-o‘zi:
— 
Tovug‘im 
0‘lguming ichi to‘la tuxum, qom ida tuxum xazinasi bo‘lsa 
ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko‘ra qomidagi 
hamma tuxumni chiqarib ola qolay, deb o‘y!abdi.  Darhol tovuqni so'yibdi. 
Lekin  uning qom idan  bir dona  ham  tuxum  chiqm abdi,  boz  ustiga  nodon 
kampir  tovug‘idan  ham  ajralib  qolibdi...
M ana  sizga  o c h k o ‘z!ikning  oqibati!  A gar  k am p ir  sa b r-to q a tli 
bo‘lganida, ochko‘z bo‘lmaganida, ertani o‘ylab ish ko‘rganida o‘z nasibasini 
o‘zi  qiymagan,  tovuqni  o ‘ldirmagan  bo‘lar  edi.  Anvar  Obidjon  o'zining 
bir  qator  asariarida  bolalarni  xuddi  kampir  singari  ochko‘z  bolm aslikka 
chinakamigada’vatqilganligini ko‘ramiz. Ayniqsa,  «Ochofatningpo‘pisasi»da 
bu mavzu yanada jaranglab turadi:
Meni yana  ursang  Mamat,
Yuragimda  o ‘ch yig'aman.
Sezd im a y saryog ‘ingni yeb,
Urishgani  kuch yig ‘aman.
...Toyda  toyib  qopketmagin 
Oshingdan  bir cho'qib  o'tsam,
Zo'rg'a  topgan  nisholdangga 
Beshpanjamni tiqib  o 4tsam...
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotida o ‘ziga xos maktab yaratgan 
shoirlardan  bin  hisoblanadi.  Bu  ko‘proq  uning  turli buyumlar, jonzotlar, 
o‘simliklar haqida yaratgan asariarida ko'zga tashianadi. G (azai janrida yaratgan 
«Bulbulning salomnomalari» o ‘zbek bolalar adabiyotida katta voqea b o ‘ldi. 
Bu asarda turli xil narsalaming o ‘ziga xos qirralari ochib beriladi.  M asalan, 
qo‘rqoq  Quyon,  do‘stsiz  Chayon,  arg‘am chidek  buralib  yuradigan  lio n ,
www.ziyouz.com kutubxonasi

tunu  kun  yer  qaziydigan  Yumron,  tovusdek  chiroyli  Qizilishtonlaming 
tuzilishlari, hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarda tabiat olamiga 
nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o ‘n chandon oshirishga erishgan.
Anvar  O bidjonning  she’rlarida  bolalarni  mehnatkash,  o'qim ishli, 
odobli,  vatanparvar bo‘lishga  mudom  chorlovchi  kuch  bor.  Bir  rivoyatda 
tutun cho‘g‘lovga zorlanib:
—  O najon,  m en  sizning  qizingiz  boMsam  ham  nega  doim o  qop- 
qoraman,  siz,  esa,  porlab yonib  turasiz,  buning sababi  nima? — deganida 
cho‘g‘  shunday javob  beradi:
—  Qizim,  b u   ish  yangi  bir  ish  emas.  Dunyoda  inson  o ‘z  porloqligi 
bilan  porlaydi.  Bolaning  porloq  bo‘lishi  uchun  bir  porloq  ota-onaning 
farzandi  boMgani  kifoya  qilmaydi,  ya’ni  olijanob,  fazilatli  ota-onaning 
shunday go‘zal fazilati bilangina inson ulardek bo‘lmaydi.  Farzandning o‘zi 
fazilatni  kasb etib  olishi  kerak.  Shundagina  u  farzand  porlaydi,  cho‘g‘dek 
yonib  turadi.  H a ,  Anvar  Obidjonning  she’rlari  yosh  kitobxonni  ana  shu 
cho‘g‘dek porlab turishiga barakali hissa q o (shmoqda.
Anvar Obidjonning o‘nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar 
qo‘lidan  tushm ay  kelayotir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

HAMZA  IMONBERDIYEV
(1954-1997)
—  
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling