N izo m iy n o m id a g I to sh k ent davlat pedagogika universiteti psixologiya tarixi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana13.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1349496
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
психология тарихи

9 -
m a v z u
: P
s i x o l o g i k
 
m a k t a b l a r
Reja:
-
1. Intellektual psixologiya. Volyuntaristik psixologiya
2. Freyilizm. Geshtalbt
3. Bixeviorizm. Vyurtsburg
XIX 
va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. 
Psixologiyada XVII asrda paydo b o ’lgan bu y o ’nalish XIX va XX asrrning 
boshlarida o ’z taraqqiyotining eng yuqori c h o ’qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga 
erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Uning predniet 
doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o ’z 
vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi.
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiya-ning ichida bir 
qancha yo'nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha 
mashhur 
va 
muhimlari 
assotsiatsizm, 
intellektualizm, 
volyuntarizm, 
geshtalbpsixologiya va freydizmlar edi. Assotsiativ psixologiya haqida yuqorida 
gapirildi.
Intellektual psixologiya - bu psixikaning asosiy elementi va psixologik 
faoliyatning asosiy funktsiyasi aql-intelektdir deb hisoblaydigan yo'nalish. 
Intellektualistlarning fikricha, turli-tuman psixik protsesslar, shu jum ladan
emotsional va iroda protsesslari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning 
q o ’shilishidir deb tushuntiriladi. 
Assotsiativ psixologiyaning vakil lari ham 
intellektualistlarga kiradi, chunki 
ular ham birlamchi va asosiy element 
tasavvurlardir deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning 
eng ko’zga ko’ringan vakili Gerbart hisoblanadi.
35


Volyuntaristik psixologiya, intellektualizmdan farq qilib psixik hayotning 
asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini 
ilgari suradi. Barcha 
murakkab psixik protsesslar, xusususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi 
deb talqin qilingan.
Volyuntaristik 
psixologiyaning 
vakillari 
G. 
Linne 
(1889-1941y), 
G.Myunsterberg (1863 -1916 y .) edilar. Vilbgelbm Vundt ham, garchand irodaning 
asosi hislardir deb hisoblangan b o ’lsa ham, volyuntarist edi.
Freydizm - bu o ’z nomini avstriya nevropotologi va psixologi Zigmund Frcyd 
(1856- 1939y) nomidan olgan bo’lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida 
y o ’nalishdir.
Freyd ta ’limotiga k o ’ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat 
olishga qaratilgan, tug’ma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan 
odat, ahloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy «tsenzura»ning mavjudligi tufayli bu 
mayil to’g ’ridan-to’g ’ri t o ’siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz 
tabiiy mayil bilan anglab turilgan vaziyat o ’rtasida ichki ruhiy konflikt 
(to ’qnashuv) paydo b o ’ladi. bu to ’qnashuvlar ba'zan barqaror asab kasalligiga 
(nevrozga) olib keladi.
Kishilik jamiyatida k o ’pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti protsessida 
bu tabiiy ongsiz mayil energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga 
qaratiladi va s arf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa 
ko'chirilishini sudlimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdalari uning 
ta ’limotiga b a’zi bir o ’zgarishlar kiritganlar. Masalan, Adolbf Adler (1870-1937y.) 
fikricha, seksual (jinsiy) mayil emas, psixik hayotning asosini, balki ustunlikka, 
hokimmiyatga, boshqa kishilar ustidan hukumronlik qilishga bo’lgan tabiy mayil 
tashkil qiladi.
Geshtalbt - psixologiya, yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu 
yunalishning asosiy vakillari X.Erenfelbs ( 1859-1932y.), V. Keller (1887y.), 
K.Kofka (1 886-1941y.) lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik protsesslar 
elementlar hodisalardan-sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ 
psixologiyaning tanqid qilib chiqdilar. Geshtalbd psixologiyaning vakillari bu 
ta'limotga qarama-qarshi o ’laroq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning 
tarkibiga kirgan qism va elementiarning yg'inidisiga nisbatan mazmundorroq 
hamda boyroqdir. Ayrim element va qismlarning у ig*indisi butunning mazmunini 
belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit struktura)qism elementlarning 
hususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi. avvalo idrok faktlari, asosida 
ishlab chiqilgan edi. Idrok - bu sezgilarning yig'indisi emas, balki yaxlit obrazdir, 
deb t a ’kidlanardi. Psixik maxsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu 
t a ’limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tatbiq qilingan edi.
Bu alohida-alohida y o ’nalish va oqimlar, bir qancha umumiy hususiyatga ega 
b o ’lgan holda (ayniqsa muhim momentlarda) «Empirik psixologiya» degan 
umum iy nom ostida birlashdilar.
Psixologiyaning predmeti va metodlari bir hilda tushunish bu barcha 
oqimlarning birlashuviga sababchi b o ’ldi.
36


«Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fandir, deb emas, «ruhiy hodisalar», 
yoki «ong hodisalari», yoki b o ’hnasa faqatgina ong hakidagi fandir deb 
ta ’kidladilar. Bu «ruxsiz» psixologiyadir (N.N.Lange), «hech qanday metafizikasiz 
psixologiyadir» (A.I. Vvedenskiy).
Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vaki I lari 
ilmiy jixatdan o ’rganish predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni 
psixologiyaning metafizik va idealistik qarashlardan holi b o ’lish y o ’lidagi katta 
qadam deb hisoblash mumkin.
Yuqorida aytilganiday, empirik psixologiyaning asosiy metodi kuzatish, 
tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga k o ’chirilgan bu metod ichki 
metod ichki tajriba sifatida boshqacha tus oladi.
Empirik 
psixologiya 
o b ’ektiv 
kuzatish 
metodidan 
ham, 
eksperiment 
metodidan ham ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar 
yordami bilan maxsus labaratoriyalarda 
o ’rganildi; materiallarni tekshirish va 
yakunlashda matematik statistika (korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi.
Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinchi katta xizmati 
tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperiment-lar o ’tkazishning metod va 
texnikasi ishlab chiqishdan iborat.
Psixologiya tomonidan eksperimentning tadbiq qilinishi tufayli 
inson 
psixologiyasi sohasida boy materiallar t o ’plangan. Bu materiallarning k o ’pchilik 
qismi 
hozirgacha 
ham 
ahamiyatini 
yo’qotmagan 
(masalan, 
Vundt 
va 
Ebbingauzning eksperimental ishlari) Empirik psixologiya aniqlangan m a ’lumotlar 
va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar amaliyotda ham, masalan, 
meditsina va pedagogika sohalarida foydali bo’lib chiqdi.
Mustahkamlovchi savollar
1. 
Z.Freyd ta ’liinoti
2. 
Psixik strukturaning yaxlitlik nazariyasi
3. 
Xulq psixologiyasi



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling