N izo m iy n o m id a g I to sh k ent davlat pedagogika universiteti psixologiya tarixi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana13.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1349496
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
психология тарихи

29


8-M A V Z U . 
XIX 
VA 
XX 
ASRLARDA PSIXOLOGIYA TARAQQ1YOTI
Reja:
L A ssotsiativ psixologiya
2. E ksperim ental psixologiya
3. Veber va F exner
4. V.Vund
XIX 
va ayniqsa XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) 
fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, y a ’ni o ’rganadigan voqelik 
sohasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning alohida yangi sohalari paydo b o ’ladi 
va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. 
Psixologiyaning bergan m a ’Iumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida 
foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda. XIX va XX asrlarda idealizm bilan 
materializm o ’rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Assotsiativ psixologiya
Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik 
hodisalar tarkib topgan elementlami aniqlashdan iborat edi. Yuqorida aytilganday
Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. 
Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va protsesslarga 
birikishida b o ’ysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik 
hodisalar intilish va qochish qonuniga b o ’ysunadi deb hisoblagan.
XVIII 
asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil 
psixik hodisalar va elementlar g ’oya - tasavvurlarning yaxlit bo’lib birlashishining 
asosiy qonuni 
sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta ’limotni 
ilgari 
surdilar. 
Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta ’limot bir vaqtda ham idealistik, ham 
materialistik yo’nalishda paydo bo'ldi. Idealistik yo’nalishning vakili (va umuman 
assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning t a ’limotiga 
ko’ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o ’zining «men» ekanligi 
(o ’z-o’zini) anglash, o ’zaro tashqi b o g ’lanishlar - assotsiatsiyalar bilan bog’langan 
«tasavvur birikmalari»dir, xolos.
Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757 y.) va uning 
shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assotsiativ tasavvurlarni 
miyadagi fiziologik bog’lanishlarga tenglashtirib q o ’ydilar. Gartli psixologiyaga 
ruhning fizikasi deb qaradi.
Pristli barcha psixik protsesslar miyaning tebranishlaridir, deb j a r soldi. U 
psixik va fizik hodisalar o ’rtasidagi printsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga 
fiziologiyaning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli 
haqidagi ta ’limot ХГХ asrda ju d a keng tarqaldi. Empirik psixologiyaning ichida
on


«assotsiativ psixologiyalar» deb atalgan alohida oqim paydo boMdi. Bu oqim XIX 
asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi.
XIX 
asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Milb 
(1773-1836 y.), Djon Styuart Miib (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), 
Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Frantsiyada T. Ribo (1829- 
1916 y.), Germaniyada Teodor Tsigen (1862-1950 y.) larni va qisman Yulius 
Ebbingauzni (1850-1909 y.) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik protsesslar 
(xotira. tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar b o ’lgan 
sezgilardan va ularning nusxasi b o ’lgan tasavvurlardan hosil b o ’ladilar deb d a’vo 
qildilar. Ayrim-ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalarning qonunlariga binoan, 
o ’zaro mexanik bo g ’lanishiar bilan birlashadilar. Masalan, xotira protsesslari 
assotsiatsiyalarga tenglashtirib q o ’yiladi, y a’ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar 
hosil qilishdir, esga tushirish esa a w a l mus tahkamlangan assotsiatsiyalarning 
jonlanishidir. Assotsia-nistlarning fikricha, tafakkur ruhning alohida bir qobiliyati 
yoki maxsus psixik qobiliyati emas: tafakkur ham faqat tasavvurlarning 
assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokam a faqat 
ikkita tasavvurning assotsiatsiyaga bog’lanishidir. 
Bunda ongning boshqa 
momentlari y o ’q. Xulosa chiqarish ikki yoki birqancha hukmlarning assotsiatsiyasi 
*
(b og’lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya b o ’yicha yangi hukm hosil qilinadi, 
ya'ni xulosa chiqari-ladi. Tushunchalar ham bir qancha so’zlarning o ’zaro o ’xshash

tasavvurlar bilan bo’lgan assotsiatsiyasi (b og’lanishi)dir deb ta ’riflanadi. 

Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha. nutq ham tasavvurdir. Masalan,
Ebbingauzning 
aytishicha, 
nutq 
— 
bu 
«ikki 
element»ning 
mustahkam 
assotsiatsiyalar bo’lib q o ’shilishidir: bir tomondan, s o ’z va gaplarning ularning 
m a ’nolari bilan, ikkinchi tomondan esa s o ’z va gaplarning narsalar bilan 
birikishidir. Gap va s o ’zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati orqali1
hosil bo’Iadigan, «ohang va shovqinlar»dan va bu faoliyat natijasida harakat va 
holatni sezishdan, ya'ni eshitish va kinestetik yoki nutq t a ’sirotlaridan iboratdir.
Qavd qilingan har ikkala s o ’z elementlari 
ham o ’zaro mustahkam 
assotsiatsiyalar bilan b o g ’langan, deb t a ’kidlaydi Ebbingauz. Nutq protsesslarida. 
y a ’ni fikrning shakllanishida, fikrni o ’zgalarga bayon qilishda va o ’zgalarning 
fikrini 
o ’zlashtirishda assotsiativ protsess-lar, alohida tasavvurlar, xususan 
s o ’zlarning asosiy elementlari bo’lgan harakat (kinestetik) tasavvurlar bilan tovush 
tasavvurlari o ’rtasida bog'lanishlar hosil b o ’ladi. Nutq maxsus fimktsiya sifatida 
tafakkur bilan tashqi - assotsiativ bog’lanishlardan tashqari hech qanday 
munosabatda bo’lmaydi.
Bu psixologlarning ta ’limotiga ko’ra, diqqat ongimizda qolgan barcha 
tasavvurlarni siqib chiqargan, qandaydir bitta tasavvurlar gruppasining hukmron 
boMishi bilan izohlanadi. emotsiyalar xush va noxush hislami anglash bilan 
birlashgan sezgi hamda tasavvurlar y ig ’indisidir va hokazo. Assotsianistlar inson 
shaxsining o ’zini ham o ’z tanasini sezishga va shunga m os keladigan tasavvurlarga 
(«tasavvurlar birikmasi»ga) asoslangan ancha barqaror va doimiy psixik hodisalar 
komplekslari deb tushunadilar.
31


Assotsiativ psixologiya vakil lari ning xizmati shundan iboratki. ular ongning 
yuksak murakkab protsesslarini, y a’ni tafakkur, nutq va irodalarni tajriba asosida 
(asosan o ’z-o’zini kuzatish y o ’li bilan) o ’rganishni diqqat markazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa psixologlarning 
bu t a ’limoti amalda o ’zining yaroqsizligini ko’rsatdi. Psixik hayotning murakkab 
hodisalarini faqat assotsiativ protsesslarga tenglashtirib q o ’yish mumkin emasligi 
m a ’lum b o ’ldi.
Tafakkur protsessini har tomonlama analiz qilish shuni ko’rsatdiki. tafakkurda 
mavjud b o ’lgan ba’zi momentlarni tafakkur-larning oddiy assotsiatsiya y o ’li bilan 
oddiy bog’lanaverishlariga tenglashtirish mumkin emas va shu momentlar bilan 
tafakkur odddiy assotsiativ protsesslardan tubdan farq qiladi.
Biz assotsiativ protsessda, avvalo, tasavvurlar harakatini k o ’ramiz, bunda 
ongimizda hosil bo’lgan har qanday tasavvur avvalgi tasavvurlar yoki idrok tufayli 
hosil bo’ladi. Lekin, bir xil turtki (idrok yoki tasavvur) orqali birin-ketin paydo 
bo ’lgan tasavvurlar o 'z y o ’lida har xil y o ’nalishlarga ega b o ’lishlari mumkin.
Birinchidan, tafakkurda ham, albatta, tasavvurlar yoki boshqa psixik 
mahsullar (hukni tushuncha)ning harakati sodir b o ’ladi. Lekin bu yerda bu harakat 
avvalgi idrok va tasavvurlar turtkisi sodir b o ’lmasdan, balki dastavval q o ’yilgan 
maqsad va vazifa bilan belgilanadi va boshqariladi. Tafakkur maqsadga muvofiq 
y o ’naltirilgan protsessdir. Tafakkur protsessi hamma vaqt birorta masalani hal 
qilishga yo’naltirilgan bo'ladi.
Ikkinchidan. assotsiativ protsesslar esa passiv protsessiardir. Assotsiativ 
qonunga binoan tasavvurlar harakati g o ’yo o ’z -o ’zicha r o ’y beradi, bu harakat 
oldindan belgilanmasdan, ongli kuch sarflanmagan holda boraveradi. Agar 
tasavvurlarning assotsiativ oqimida aktivlik bo’lsa ham, u beixtiyor aktivlikdir.
Bu o ’rindagi beixtiyor aktivlik shaxsning emotsional holati bilan mavjud 
tasavvurlar tufayli ro’y beradigan emotsional momentlar bilan belgilanadi.
Tafakkur esa, aksincha, oldindan ongli kuch (diqqat) sarflash yo'li bilan sodir 
b o ’ladigan aktiv protsessdir. T o ’g ’ri, tafakkur protsesslarida ham passiv momentlar 
b o ’ladi, lekin ular bu o ’rinda faqat qo’shimcha va yordamchi ahamiyatga ega 
b o ’ladilar. Passiv momentlar tafakkur momentini belgilab bermaydilar, ular 
birlamchi emas, balki ikkilamchidir, k o ’pincha aqliy taraqqiyotning yuksak 
bosqichlarida paydo bo’ladilar.
Uchinchidan, assotsiativ protsesslarda faqat esga tushirish, tajri-badan hosil 
b o ’lgan, sezilgan va idrok qilingan narsalardan nusxa k o ’chirishgina bordir. 
Tasavvurlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv (takrorlovchi) protsessdir. 
Bu 
protsesslarda ongimizda yangi mazmun hosil qilinmaydi.
Tafakkur 
mahsuldor 
(produktiv) 
protsessdir. 
Bunda 
ongimiz 
yangi 
mazmunga, yangi mahsulotga ega b o ’ladi. Bu yangi mahsulot o b ’ektiv borliqning 
shunday momentlarini aks ettiradiki, bu momentlarni bevosita sezgi organlari 
orqali bilish mumkin emas, binobarin, tasavvurlarda ham takrorlash mumkin emas.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling