N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

Eslab qoling. Ba’zan bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasidagi ko‘rsatish
olmoshi qo‘llanmasligi mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi.
153-mashq. 
Ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi
vositalarni belgilang. Bosh gap tarkibidagi  ko‘rsatish olmoshining qanday gap
bo‘lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling.
1. Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari
qattiq o‘qqa tutdi. (Abdulla Qahhor) 2. Bu o‘rinda shuni aytish kerakki,
Qalandarovlarni o‘sha  davr hayoti yarata boshlagan edi. (M. Qo‘shjonov)
3. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. (P. Qodirov) 4. Shuni
bilib qo‘yginki, sen suyangan tog‘ning tagi nurab qolgan. (Said Ahmad)
154-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, to‘ldiruvchi ergash gaplarni toping, ularning
bosh gapga bog‘lanishini izohlang.
1. Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
2. Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan ko‘ra yaqinroq kimsa
yo‘q. 3. Shundan ehtiyot bo‘lingki, birovning ota-onasini haqorat qilgan
odam o‘zining ota-onasini ham haqoratlagan bo‘ladi. 4. Shuni hamisha
yodingizda saqlangki, birovga yolg‘on gapirish eng katta gunohdir. 5. Shuni
unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan
xushdir.  («Aql aqldan quvvat olar» kitobidan.)
155-mashq.
 Quyidagi qo‘shma gap  qoliplari asosida to‘rtta gap  tuzing. Ergash
gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1.  Kim          sa, unga (undan)
2.  Shuni            
 ki,
156-mashq.
 «Òopqirlar va zukkolar» o‘yinini tashkil eting. «Òopqirlar» guruhi
bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan olmoshlari qatnashgan qo‘shma gap
tuzsin, «Zukkolar» guruhi bu gaplarni sodda gapga aylantirsin. Kim to‘xtab qolsa,
yutqizgan hisoblanadi.
1. Qanday gaplar to‘ldiruvchi ergash gap sanaladi?
2. Òo‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida
bog‘lanadi?
3. Yozuvda to‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapdan qanday tinish belgisi
bilan ajratiladi?
4. Òo‘ldiruvchi ergash  gapli qo‘shma gaplarning qoli pini chizing.


62

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling