N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

2-topshiriq.
  Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni
aniqlang. Ergash gapning turini ayting.
1.  Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina
telefonogramma tushibdi.  (Murod Muhammad Do‘st) 2. Bolalarim haftada
bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to‘ladi. (Said Ahmad) 3. Yaqin borib
qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma
sochilib yotibdi.  (M. Hazratqulov) 4. Agar yurakda quvvat bo‘lmasa, qo‘lda
ham quvvat bo‘lmaydi.  (Asqad Muxtor) 5. Qumri qarasa, onasining qolgan
qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. (Said Ahmad)
3-topshiriq.
 Kesim, ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gaplarga bittadan
misol keltiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani aniqlang. Bu
gaplarning qoliplarini chizing.
4-topshiriq.
 Hol ergash gaplarning har bir turiga misollar keltiring. Ergash
gapni bosh  gapga  bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Bu gaplarning qoliplarini
chizing.
5-topshiriq.
 Gaplarni ko‘chiring, ergashgan qo‘shma gap turlarini aniqlab,
ularga ta’rif bering.
1.  Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh
qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi.  (I.Karimov)
2. Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki kasb-hunari
bo‘lmagan odam kambag‘aldir. 3. Agar inson biror kasbni mukammal egallasa,
mehnat unga huzur bag‘ishlaydi, baxt keltiradi.  (Maqol) 4. Jahl kelsa, aql
qochadi.  («Otalar so‘zi») 5. Do‘stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga
solmas ekan, bu chinakam do‘stlik emas.  (Sa’dulla Shukur)
6-topshiriq.
  Uyga vazifa. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining
ma’nosini izohlab kelgan ergash gaplarga to‘rtta misol yozing. Ergash
gaplarning turini ayting.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling