N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

43–44-darslar
167-mashq
. Ko‘chiring. Qo‘shma gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini
izohlang.
1. Kampirning jig‘i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat
paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla
Qahhor) 2. G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. (A.Oripov) 3. Mening
bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A.Oripov)
4. Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi.
(O‘. Hoshimov) 5. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo‘llariga
tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi ... (Abdulla Qahhor) 6. Eshakni
yaydoq minib bo‘lmaydi – yiqiladi kishi. (Abdulla Qahhor)
168-mashq. 
O‘qing, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Bog‘lovchisiz
qo‘shma gap qismlarining qanday bog‘lanayotganini tushuntiring.
Bahorning hayotbaxsh damlari madrasaga ham jon kirgizdi. Òo‘rt tomoni
hujralar bilan o‘ralgan sahn o‘rtasidagi sadaqayrag‘och shoxlarida
chumchuqlar chirqillashib, ko‘klamni olqishlaydi, allaqayoqlardan qal-
dirg‘ochlar o‘qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi, chug‘urlaydi, shiftga
osilib uya soladi.
Òomlardagi bug‘doylar  boshoq chiqaradi,  oralarida  lolaqizg‘aldoqlar  qip-
qizil bo‘lib ochiladi. (Mirzakalon Ismoiliy)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling