N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

182-mashq.
  Uyga vazifa.  O‘zingiz o‘qiyotgan badiiy asardan ko‘chirma gapli
qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qanday tinish
belgilari ishlatilganini ayting.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA
GAPNING ÒUZILISHI
1-topshiriq.
  Berilgan gapdan muallif gapi va ko‘chirma gapni ajrating.
«Intilganga tole yor», — deydi xalqimiz.
2-topshiriq.
 Òinish belgilarining qo‘llanilishini izohlang.
Bilib oling. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar doimo ikki qismdan –
muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topadi.


77
183-mashq.
 Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlang. Ularning
o‘rniga e’tibor bering.
Donodan so‘radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa
nima?» Aytdi: «Jim turmoq, ortiqcha so‘zlarni aytmaslik». Yana so‘radilar:
«Unda bu xislat bo‘lmasa-chi?» Dono javob berdi: «Unday odamning
bo‘lmagani yaxshi».
184-mashq.
 Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni, ularning joylashish
o‘rnini aniqlang. Òinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.
1. «Rahmat, ona qizim», — dedi muharrir mehri tovlanib. (Murod
Muhammad Do‘st) 2. «Ke, picha dam ol, chirog‘im, toza charchabsan», —
dedi bobom. (Oybek) 3. Kampir oyoq ostida o‘sgan o‘tdan yulib, kiyik
tomon yura boshladi: «Ma, jonivor, ma!» (Said Ahmad) 4. «Shoshmang,
Ahmadjon», — dedi yigit. (Abdulla Qahhor) 5. Xalil bobo nevarasiga girgitton
bo‘lib: «Hoy bolam, senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a», —
der edi. (A. Muqimov) 6. «Zap yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla,
barakalla», — dedi u. (A. Muqimov)
185-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning  tuzilishiga
e’tibor bering.
Abdulla Qodiriy bog‘da ishlayotganida bir odam o‘tib ketayotib:
—Ha, ishlayapsizmi? — deb so‘rabdi.
—Yo‘q, dam olyapman, — deb javob beribdi yozuvchi.
Ma’lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o‘tsa, Qodiriy bog‘da
o‘ylanganicha, aylanib yurgan ekan.
—Ha, dam olyapsizmi?
—Yo‘q, ishlayapman, — deb javob qilibdi ijod olamiga sho‘ng‘igan
yozuvchi. (R. Obidov)
186-mashq.
 O‘qing. Gaplarni qavs ichida berilgan muallif nomlaridan foydalangan
holda ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantiring. Qanday yo‘l bilan qo‘shma gapga
aylantirganingizni ayting.
1. Xalqning ishonchini oqlash har birimizning muqaddas burchimizdir.
(Mirtemir) 2. Ertangi kunimiz bundan ham go‘zal bo‘ladi. (A. Oripov)
3. Tabiatning betakror go‘zalliklari yuragimga juda yaqin. (M. Ulug‘ova)
4. Inson mehnati beiz qolmaydi. (E. A’zamov)


78

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling