N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

177-mashq.
 Uyga vazifa. Berilgan qo‘shma gaplar qismlari orasiga turli bog‘lovchi
vositalarni qo‘yib, bir necha qo‘shma gap turlarini hosil qiling va yozing.
1. Zal jim, xalq parda ochilishini kutar edi. (Abdulla Qahhor) 2. Qo‘shning
tinch — sen tinch. (Maqol)
MUSÒAHKAMLASH
1-topshiriq.
 O‘qing. Qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring.
1.  Har kimga ozor bera ko‘rma, dunyo barchaga barobardir. 2. Yog‘och
polvon o‘sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu, yuzi yorug‘ bo‘ldi.


73
(Said Ahmad) 3. Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og‘ziga
qaraydi. (Parda Tursun) 4. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu’lalar
porlaydi.  (E.Vohidov) 5. Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo‘ynida uxlab
yotadi. (Uyg‘un) 6. Kuchli odamlar hamisha oddiy bo‘ladi. (Oybek) 7. Dunyo
go‘zal va unda ko‘rkam joylar ko‘p.  (S. Muhamedov)
2-topshiriq.
 O‘qing. Qo‘shma gaplarni toping. Ularni bog‘langan, ergashgan
va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga ajratib yozing. Qo‘shma gap qismlarini
bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Onam xursand bo‘ldi-da, meni bag‘riga bosdi.
— Juda astoydil  qarabsan. Quyoshning uyg‘onishi sen ta’riflagandan
ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi. Quyosh bosh ko‘tarib chiqayotganda,
tabiat holatini tomosha qilsang, barcha go‘zalliklar ana shu paytda namoyon
bo‘ladi. Dov-daraxtlar, giyohlar uyg‘onadi-yu, quyoshga salom beradi. Bilsang,
tabiat u bilan tirik.
Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo‘ydi va qalbimda
go‘zallikni sevish, xushfe’l, xushtabiatli bo‘lish, ozoda yurish kabi xislatlar
uyg‘ondi.
(Ibrohim Rahim)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling