N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

174-mashq.
 Uyga vazifa.  Bog‘lovchisiz qo‘shma gap shaklidagi gaplarga to‘rtta
misol toping. Ularni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantiring. Qanday
aylantirganingizni aytib bering.
1-topshiriq. 
Berilgan sodda gap juftliklaridan quyida berilgan bog‘lovchi vositalar
yordamida qo‘shma gap hosil qiling. Bunda kesimning bo‘lishli-bo‘lishsizligini, mayl-
zamon shakllarini, gaplarning joylashish tartibini o‘zgartirishingiz mumkin.
1.  Bahor keldi. Dalada ishlar avj oldi. 2. Xonada chiroq o‘chdi. Tomosha
boshlandi. 3. Orzularimiz ko‘p. Maktabni tugatyapmiz.
Bog‘lovchi vositalar:
îhang (yozuvda tinish belgilari);
teng bog‘lovchilar: va, hamda, ham...ham, yoki, ammo, lekin, biroq,
na... na...;
bog‘lovchi-yuklamalar: -u, (-yu), -ku, -mi, -ki, hamki,...;
ergashtiruvchi bog‘lovchilar: agar, basharti, modomiki, chunki,...;


71
ko‘makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois, ...;
nisbiy so‘zlar: qachon... o‘shanda, qayerda... o‘sha yerda, qancha... shuncha...
N a m u n a :  1. Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi. 2. Bahor keldi-yu,
dalada ishlar avj oldi. 3. Bahor keldi — dalada ishlar avj oldi. 4. Bahor
keldi va dalada ishlar avj oldi. 5. Ham bahor keldi, ham dalada ishlar avj
oldi. 6. Na bahor keldi, na dalada ishlar avj oldi.
2-topshiriq.
 Yuqorida bajarilgan mashqlar asosida quyidagi savollarga javob
bering:
1. Yuqorida berilgan bog‘lovchilardan ayrimlari bilan sodda gaplarni qo‘shma
gapga aylantirish mumkin emas. Buning sababi nimada? Fikringizni isbotlang.
2. Berilgan sodda gaplarni ko‘rsatilgan bog‘lovchi vositalarning ikkitasi
(uchtasi, to‘rttasi...) bilan bog‘lab, qo‘shma gaplar tuzish mumkinmi?
Qismlari har xil bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘langan
bunday qo‘shma gaplar orasida qanday farq bor?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling