N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


—47-darslar. Nazorat ishi. Rasm asosida yozma ish yozish va uning


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

46—47-darslar. Nazorat ishi. Rasm asosida yozma ish yozish va uning
tahlili.


75
48-dars
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA
GAP HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
 Berilgan gapning qanday sodda gaplardan tashkil topganini
aniqlang.
«Hali  ko‘nglingiz  g‘unchaday  yosh, ota», — dedi Sayramov.  (Oybek)
2-topshiriq.
 Mazkur gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘rnini almashtiring.
3-topshiriq. 
Òinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor bering.
Bilib oling. So‘zlovchi ba’zan o‘z nutqida birovning gapini aynan
keltiradi. Birovning aynan keltirilgan gapi ko‘chirma gap, so‘zlov-
chining gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan
tashkil topgan qo‘shma gapga ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi.
178-mashq.
 Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi muallif gapi va ko‘chirma gaplarni
ajrating. Òinish belgilarini izohlang.
Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi: «Sen meni
qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib
beraman». Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol,
men seni qo‘yib yubormayman. O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga
xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o‘lgani
yaxshi».
179-mashq. 
Matnni o‘qing, ko‘chirma gaplarni aniqlang, ularning muallif gapidan
farqini tushuntiring.
Bir kishi ulug‘ bir hakimning ziyofatiga bordi. U behuda so‘zlarni
haddan ortiq ko‘p gapirdi va so‘z orasida: «Ko‘p so‘zladim. Endi so‘zlashni


76
49-dars
bas qilay»,— dedi. Hakim unga e’tiroz bildirdi: «Yo‘q, sen hali so‘z
so‘zlaganing yo‘q!»
Dag‘al tillar go‘zal so‘zlar bunyod etmas,
Òo‘ti hech vaqt qarg‘a nutqin irod etmas.
(«Òo‘tinoma»)
180-mashq.
 Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularning
joylashish o‘rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e’tibor bering.
Payg‘ambardan bir kishi so‘rabdi: «Ey Rasululloh, men kimni hurmat
qilay?» «O‘z onangni», — deb javob beribdi Payg‘ambar. U yana so‘rabdi:
«Onamdan boshqa yana kimni?»  Payg‘ambar: «Onangni», — deb javob
beribdi. Haligi kishi uchinchi marta so‘raganida ham «Onangni» degan javobni
olibdi. U to‘rtinchi marta o‘z savolini qaytarganida, Payg‘ambar: «O‘z otangni,
so‘ngra yaqinlaringni va qarindoshlaringni», — deb javob beribdi. (Hadis)
181-mashq.
 Ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘rtta misol keltirib, ko‘chirma gapning
o‘rni va tinish belgilarini izohlang.
1. Qanday gaplarga ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi?
2. Ko‘chirma gaplar qanday tinish belgisi bilan yoziladi?
3. Muallif gapi va ko‘chirma gapning joylashishi haqida gapiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling