N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

190-mashq.
 Berilgan gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantiring, ularga muallif gaplarini
qo‘shib ko‘chiring.
1. Mevasi achchiq daraxtni asal bilan sug‘orsang ham, shirin meva
bermaydi. 2. O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kim yo‘q yerda chalingan
kuyga o‘xshaydi. 3. Nodonning vaqti foydasiz o‘tadi. 4. Dangasa odamning
boyligida baraka bo‘lmaydi. 5. Qorinni ovqat to‘ydiradi, aqlni esa hikmat.
191-mashq.
 Matnni o‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni aniqlang va kerakli
tinish belgilarini qo‘ying.
Rustam orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni Rustam maktabdan chiq-
di-yu, to‘g‘ri gulzoriga o‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul buvani izlab topdi-da,
unga sekin pul uzatdi.
—Buva, shunga gul bering, kerak bo‘lib qoldi.
Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi:
—Nega kerak bo‘lib qoldi?
—Bugun oyimning tug‘ilgan kunlari, shunga...
—Juda yaxshi o‘ylabsan, pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y. Hozir senga
ajoyib guldasta yasab beraman.
Birozdan keyin Rustam chiroyli guldastani quchoqlab uyga chopdi.
(N. Najmiddinov)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling