N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

2-topshiriq.
   Matn mazmunini so‘zlab bering.
Bilib oling. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma
gapli qo‘shma gap sodda gap shaklini oladi.
203-mashq.
 Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. Qanday
qilib o‘zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting.
1. Donolar deydiki: «Vaqting ketdi — baxting ketdi». 2. Balli, Ra’no, —
dedi Solih mahdum. (Abdulla Qodiriy) 3. Seni ilgari ko‘rmagan edim-ku,
qayerliksan, — deb so‘radi u. (Mirkarim Osim) 4. Keldik, — dedi Ochil
kulib. (S. Barnoyev) 5. Olcha  juda serob, avval tatib yenglar, keyin terasizlar,
— dedi bir mo‘ysafid. (Oybek)
204-mashq.
 Daftaringiz sahifasini ikki ustunga bo‘ling. Ustunning chap tomoniga
to‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. O‘ng tomoniga esa bu gaplarni o‘zlashtirma
gapga aylantiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ayting.


85
N a m u n a :
1.  Qizim, umring uzoq bo‘lsin,— dedi yo‘lovchi.
2.  Yo‘lovchi qizga umri uzoq bo‘lishini tiladi.
205-mashq.
 Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularni o‘zlashtirma gaplarga
aylantiring.
Sinf  bo‘yicha  faqat  Xolmatda   motorli  velosiped bor.  U  bolalarni
velosipedi yoniga  yo‘latmas,  menga  bo‘lsa  hammaga  eshittirib: «Ilhom,  bir
kataysa qilib kelmaysanmi?» — derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘-
chirayotgani uchun shunday qiladi.
Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida Iskandar aka
payqab qoldi:
«Sen do‘st emassan, — dedi Iskandar aka, — do‘st o‘rtog‘ini yengilning
ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi».
Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: «Bundan keyin o‘qi. Endi
daftar berish yo‘q», — dedim.
(A. Ko‘chimov)
206-mashq.
 Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va  ular o‘rtasidagi
farqlarni ayting.
1. Qadimgilar demishki: «O‘z uyim — o‘lan to‘shagim». 2. «Kamgaplik, —
deydi H. Olimjon, — donolik yo‘lining boshlanishi». 3. Behbudiy: «Maktab
dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir», — deb yozadi.  4.  «So‘z
qoli p,  fikr  uning ichiga  quyilgan g‘isht»,  — deb yozadi A. Qodiriy. 5. «Or-
nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi», — deydi Tog‘ay Murod.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling