N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

209-mashq.
  Uyga vazifa.  Rasmdan foydalangan holda «Bobolarimiz o‘gitlari»
mavzusida insho yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardan foydalaning va ularni
o‘zlashtirma gapga aylantirish mumkinligi haqida fikr yuriting.


87
54-dars
MUSÒAHKAMLASH
1-topshiriq. 
Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlang. Òinish
belgilarini izohlang.
Do‘stimga dedim: «Senga sir emaski, gul bebaho, guliston bevafodir».
Donishmandlar deydilar: «Har narsaki bevafo bo‘lsa, u muhabbat qo‘yishga
noravodir». Do‘stim dedi: «Õo‘sh, u holda qanday tadbir ko‘riladi?» Men
unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh
etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin».
Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob
qildi: «Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilmog‘i
lozim!»  (Sa’diy)
2-topshiriq.
 Matnni o‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma
gapga aylantirib, ko‘chiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar
qilganingizni ayting.
Amir Temur o‘g‘lini Òabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday
nasihat qilgan edi: «El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin,
savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!»
Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib
yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi
va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?»
Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om anhorini
uning yodiga soldi va shunday  dedi: «Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan
ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga o‘xshagan shohariq chiqarilsa,
qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha odamlar sizni duo qilardi».
(P.Qodirov)
3-topshiriq.
 Ikki guruhga bo‘lining. «Òopqirlar» guruhi ko‘chirma gapli
qo‘shma gap aytsin,  «Zukkolar» guruhi bu gaplarni o‘zlashtirma gapga
aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, o‘sha guruh yutqizgan hisoblanadi.
4-topshiriq.
 Uyga vazifa. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘rtta misol yozing
va ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling