N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
169-mashq.
Uyga vazifa. Qismlari o‘rtasida zidlik, o‘xshatish munosabati mavjud bo‘lgan qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing. Ularning o‘rtasiga tinish belgisi qo‘yilish sababini tushuntiring. 1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday ma’no munosabatlari mavjud? 2. Qaysi hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari yozuvda vergul bilan ajratiladi? 3. Qaysi hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari yozuvda tire bilan ajratiladi? 4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qoli pini chizing. QO‘SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI 1-topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farq- lanayotganini izohlang. 69 1. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2. Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. 3. Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular o‘zaro qanday farqlanayotganini izohlang. 1. Yurt tinch — sen tinch. 2. Yurt tinch, shuning uchun sen tinch. 3. Yurt tinch-u, sen tinch. Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko‘ra ular bir-biriga ma’nodosh bo‘la oladi. 170-mashq. Ko‘chiring. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gapga aylantiring. 1. Qor yog‘di – don yog‘di. (Maqol) 2. Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam. (Usmon Azim) 3. Ayrilganni ayiq yer, Bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol) 4. Yurgan daryo — o‘tirgan bo‘yra. (Maqol) N a m u n a : Qor yog‘di — don yog‘di. // Qor yog‘di, go‘yo don yog‘di. // Qor yog‘di-yu don yog‘di. 171-mashq. Gaplarni o‘qing, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantiring. Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka qo‘l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Õalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, to‘g‘ri so‘z-la tilingni beza. (Ahmad Yugnakiy) N a m u n a : Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. 70 172-mashq. O‘qing. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap turini aniqlang. Davlat poytaxtsiz bo‘lmaydi, poytaxtsiz davlatni tasavvur qilish mumkin emas. Õalqimiz o‘z tarixida ko‘plab saltanatlar, hokimliklar, xonlik va amirliklar tuzgan, shuning uchun uning ko‘plab poytaxtlari bo‘lishi tabiiydir. Òoshkent o‘tmishda Shosh davlatining, keyin Òoshkent xonligining poytaxti bo‘lgan. Òoshkent sho‘rolar davrida poytaxt emas edi, mustamlaka bir o‘lkaning poytaxti edi. Poytaxt bo‘lish uchun, avvalo, poytaxtlik maqomi kerak. Unda chet mamlakatlarning elchixonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bo‘lishi lozim. («Vatan tuyg‘usi») 173-mashq. «Zukkolar» o‘yini. Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh bog‘lovchisiz qo‘shma gap topsin. Ikkinchi guruh uni bog‘langan qo‘shma gapga, uchinchi guruh ergashgan qo‘shma gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi. 1. Qanday ma’noni bildiruvchi bog‘lovchisiz, ergashgan va bog‘langan qo‘shma gaplar bir-biri bilan ma’nodosh sanaladi? 2. Bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling