47
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini,
sababini
bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha
deb
so‘zi yordamida bog‘lanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart
maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe’llari
bilan ifodalanganda, asosan,
maqsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda esa, ko‘proq
sabab ma’nosi anglashiladi.
114-mashq.
Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani va ergash
gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang.
1.
Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga. (
Hamid Olimjon)
2. Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi.
(
A.Oripov) 3. Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb, san’at, tillar, Asrlarcha
qildim jang. (
E.Vohidov) 4.
Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin
deb sevgan elimda. (
Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar
jang
boshladi, Yovlar qocha boshladi. (
Hamid G‘ulom)
115-mashq.
Bosh gapga
deb yordamida bog‘langan ergash gaplarga to‘rtta misol
keltiring. Ergash gapning kesimi qanday shaklda ekanligini tushuntiring.
116-mashq.
Rasm asosida «Bozor taassurotlari» mavzusida hikoya yozing. Unda
qanday qo‘shma gaplardan foydalanganingizni,
deb so‘zining vazifalarini ayting.
48
29-dars
1. Qanday ma’noni bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga
deb so‘zi
yordamida
bog‘lanadi?
2. Bosh gapga
deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarning kesimi
qanday mayl shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi?
3. Bosh gapga
deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gapga ikkita misol
keltiring va bu bog‘lovchi
vositani uchun ko‘makchisi bilan almashtirib
ko‘ring.
Deb va
uchunning o‘zaro almashinish sababini tushuntiring.
4. Bosh gapga
deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarda qanday tinish
belgisi qo‘yilishini tushuntiring.
117-mashq.
Uyga vazifa. «Adabiyot» darsligidan
xohlagan bir sahifani ochib
o‘qing. Unda nechta gap borligini, qaysilari qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Qo‘shma
gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: