N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


KO‘RSAÒISH OLMOSHILI ERGASHGAN


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

KO‘RSAÒISH OLMOSHILI ERGASHGAN
QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni
aniqlang.
1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. (Parda
Òursun) 2. Shunga aminmanki, «Òa’lim to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni
4— Ona tili, 9-sinf


50
yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma’rifat») 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli
bo‘linglar. (Ismoil Òo‘lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.
2-topshiriq.
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini toping va qanday
gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ayting.
Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini
izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yukla-
masi yordamida bog‘lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi
va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni
bilinib turadi.
123-mashq.
Ko‘chiring. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini aniqlang.
1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid
G‘ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi.
(Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4. Shunday
ne’matlar borki, ularni pul birligida o‘lchab bo‘lmaydi. (Azim Suyun) 5.
Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir.
(Alisher Navoiy)
124-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, bosh gap tarkibida kelgan ko‘rsatish olmoshini
aniqlang va vazifasini tushuntiring.
1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. 2. Shuni esdan
chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish
afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, serjahl boshda aql bo‘lmaydi. 4. Shundan
ehtiyot bo‘lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasin. 5. Shuni doimo
yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi. («Sharq
hikmatlari»dan.)
125-mashq. 
Ko‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.
Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma
gapni sodda gapga aylantiring.
1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z. Saidnosirova) 2. Shunday o‘zgarishlar
bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi
o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech


51
31-dars
bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona
bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. (Oybek)
N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim. // Baxtim – seni uchratganligim.
126-mashq.
«Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh bosh gap
tarkibida ko‘rsatish olmoshi ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gap tuzsin. Ikkinchi
guruh bu gaplarni sodda gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan
sanaladi.
1. Ko‘rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo‘llanadi?
2. Bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etganda, uning kesimi
qanday shaklda bo‘ladi?
3. -ki yuklamasining vazifalari haqida gapiring.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling