129-mashq.
Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbatlanayotgan so‘zlarni
toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko‘rsatish olmoshining qaysi gap
bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang.
1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi.
(O‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Òangri ham
seni shunchalik yaxshi ko‘radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o‘zi
yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda
rivojlanish bo‘ladi. 5. Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan
keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa,
unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. (Hadis)
130-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, nisbiy so‘zlarni aniqlang va ularning gapdagi
vazifalarini tushuntiring.
1. Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p bo‘ladi.
2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson
erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham ravo
ko‘rma. 4. Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon
bo‘g‘ilmaydi. 5. Kimning ichi nog‘ora singari bo‘sh bo‘lsa, uning behuda
so‘zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi.
(«Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» kitobidan.)
131-mashq.
«Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh nisbiy so‘zlar
ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gap tuzsin. Ikkinchi guruh bu gapni sodda gapga
aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi.
1. Qanday gaplarga nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar deyiladi?
2. Qo‘shma gap tarkibidagi qanday so‘zlar nisbiy so‘zlar sanaladi?
3. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan
ajratib yoziladi?
53
Do'stlaringiz bilan baham: |