N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

241-mashq. 
Quyidagilarni ko‘chiring, insho yozayotganingizda ularga e’tibor bering.
1. Insho mavzusini aniqlash. Nima haqida yozish lozimligini puxta o‘ylab
olish.
2. Insho mavzusi bo‘yicha materiallar to‘plash. Masalan, yozuvchi, uning
hayoti va ijodi, siz insho yozmoqchi bo‘lgan asar, uning yozuvchi ijodida
tutgan o‘rni, asar mavzusi, g‘oyaviy yo‘nalishlari, asar qahramonlari,
ularning xarakteri ustida bosh qotirish.
3. Inshoga reja tuzib olish.
4. Reja asosida insho yozishga kirishish, fikrlarning aniq va lo‘nda shaklda
berilishiga e’tibor berish.
5. Fikrlarning izchilligini saqlash.
6. Inshoning qoralama nusxasi tayyor bo‘lgach, uni qayta o‘qib chiqish.
7. Inshoning tiliga, imlosiga alohida diqqat qilish.
8. Mavzu yetarlicha yoritilganmi? Inshoning mazmuni talabga javob
beradimi? Unda ortiqcha so‘z va iboralar yo‘qmi? Shularga alohida diqqat
qilish.
9. Yozilganlarni oqqa ko‘chirish.
242-mashq.
Quyidagi sodda reja asosida insho yozishga hozirlaning.
Mavzu: «MUSTAQILLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT»
R e j a :
1. Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi.
2. Istiqlol bergan baxt.
3. Kelajak — yoshlarniki.
243-mashq.
Quyida berilgan insho turlari haqida fikrlashing va ulardan keyingi
darsda berilgan topshiriqni bajarishda ijodiy foydalaning.


105
RIVOYA-INSHO
Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo‘llaniladi. Hayotdagi
ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar,
sayohatlar, safar taassurotlari bunday ko‘rinishdagi insholar uchun material
bo‘lib xizmat qila oladi.
Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan
boshidan kechirgan yoki eshitgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchi
voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.
MUHOKAMA-INSHO
Bunday turdagi insholar uchun sinfda o‘tkazilgan bahs, munozara material
vazifasini o‘taydi. Muhokama-inshoda o‘quvchidan o‘z fikrini asoslash va
dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va
muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan, «Vatanni asrab-
avaylash deganda nimani tushunaman?», «Baxt nima?», «ÕÕI asr insoniyatga
nimalar olib keldi?» kabi mavzularda bahs uyushtirish mumkin.
ÒASVIRIY INSHO
Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning
boshqalardan farqlari ko‘rsatiladi, taqqoslanadi. Ta’sirchanlikni hosil qilish
uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o‘xshatishlar,
sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham
unumli foydalaniladi.
Shaxslar va manzaralar ko‘z oldiga keltirilib, ularning timsollari gav-
dalantiriladi. Òasviriy–insholar o‘quvchilarning fikrini o‘stiradi, ulardagi
kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
(B. Òurdiyev)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling