N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

4-topshiriq.
Do‘stingiz haqida tavsifnoma yozing. Òavsifnoma qanday
yozilishi haqida fikr yuriting.
5-topshiriq.
Rasm asosida «Men qushlarni sevaman» mavzusida badiiy
matn tuzing. Qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanganingizni ayting.


103
64–65-darslar
6-topshiriq.
 Uyga vazifa. Maktabingizda bo‘lib o‘tgan majlis bayonnomasini
yozing. Bayonnomaning tuzilish tartibi haqida fikr yuriting.
INSHO NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq. 
Insho haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.
2-topshiriq.
Inshoga qanday reja tuziladi? Shu to‘g‘risida so‘zlang.
Bilib oling.  Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «ijod», «yozma
ish» kabi ma’nolarni bildiradi.
Eslab qoling. Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat
bo‘ladi. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko‘rinishlarda reja
tuzib olinadi.
INSHO REJASI NAMUNALARI:
Sodda reja: «BUNYODKORLIK — XALQIMIZGA
XOS AZALIY ODAT»
R e j a :
1. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.
2. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda.
3. Barcha bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining tagida yaxshi niyat
va mehnat yotadi.
Murakkab rejà: «FARHOD — ALISHER NAVOIY TALQINIDAGI
BARKAMOL INSON»
R e j a :
Kirish. «Farhod va Shirin» dostoni — Alisher Navoiyning shoh asarlaridan
biri sifatida.
Asosiy qism:


104
1. Farhod timsoli orqali ilm va hunar o‘rganishning ulug‘lanishi.
2. Farhod timsolida vafodorlik, sadoqat g‘oyalarining ifodalanishi.
3. Farhod timsolida xalqparvarlik, chinakam insoniylikning tarannum
etilishi.
4. Farhod — o‘z ahdiga sodiq, vafodor yor, jismoniy va aqliy jihatdan
barkamol inson.
Xulosa.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling