N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

230-mashq.
 Uyga vazifa. «Yurtimizda bahor» mavzusida badiiy matn tuzing. Unda
badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga harakat qiling. Badiiy uslubning o‘ziga xos
xususiyatlari haqida fikr yuriting.
ILMIY USLUB
1-topshiriq.
Matnni o‘qing. Qanday nutq uslubiga xos ekanligini aniqlang.
Òobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari
yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
(G‘. Abdurahmonov)


97
2-topshiriq.
Matnning o‘ziga xos qanday belgilarga ega ekanligini ayting.
Bilib oling. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga
asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos ata-
malariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi
uslub ilmiy uslub sanaladi.
231-mashq.
Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos
uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir.
Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar
deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha
turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.
Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar
deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis oksidi shular jumlasidandir.
(«Kimyo» darsligidan.)
232-mashq. 
Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Uning qaysi nutq uslubiga
mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultratovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish
vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan.
Òovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar
akustik hodisalar deb yuritiladi.
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33 m/
sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000
m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida isbotlangan.
Òilshunoslik va tabiiy fanlar»)
233-mashq.
Matnni ko‘chiring, qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
Odamzot organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolutsiya
jarayonining mahsuli sanaladi. Odamda oliy asab sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan:
1) aql; 2) idrok; 3) qobiliyat; 4) nutq; 5) mehnat qilish kabi xususiyatlar
shakllanadi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo‘lib, u genetik
va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi.
7— Ona tili, 9-sinf


98

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling