93
yuborishing, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib qo‘yishing, aqlingni
shoshiltirsang xom xulosalarga kelib qolishing mumkin.
(
Ò. Sodiqova)
2-topshiriq.
Matnning qaysi uslubga xosligini va o‘ziga
xos uslubiy belgisini
ayting.
Bilib oling. Ommaviy axborot vositalari uslubi
publitsistik uslub sanaladi.
Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va
ta’sir qilish bo‘lib,
soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til
me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik
uslubning ham og‘zaki va
yozma shakllari mavjud. Radio-
televideniye uslubi publitsistik uslubning og‘zaki
shakliga, gazeta, jurnal
uslubi esa yozma shakliga xosdir.
220-mashq.
O‘qing. Matnning mazmunini so‘zlab bering. Uning qaysi nutq
uslubiga mansubligi va bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
Bahor... Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana,
yam-yashil maysalar xuddi
jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq-iliq
nurlarini taratmoqda. Osmon mo‘tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning
duolari singari oppoq va dilga yaqin. Xullas, olam kundan kunga go‘zallashib
bormoqda. (
Muhammad Nom)
Do'stlaringiz bilan baham: