N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

211-mashq.
Matnni o‘qing, uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.
Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar
Shosh viloyati haqida yozganda uning markazi Binkat shahri deb ko‘rsatganlar.
Binkat hozirgi Õadra, Eski Jo‘va va Chorsu oralig‘ida bo‘lgan. Binkat nomi
forscha-tojikcha bin «ko‘rinish, ko‘zga tashlanish», kat so‘g‘dcha «shahar,
qishloq, manzil» degan ma’nolarni bildirgan.
Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas’udiy» asarida: «Binkat — bu
Shoshning poytaxti, turkiy tilda Òoshkand, yunonchadan arabchaga tarjima
qilsak, Burj al-hijora «tosh minora» bo‘ladi»,— deb yozilgan. Beruniyning
so‘zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlaydi. Masalan, buyuk tilshunos Mahmud
Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit-turk» asarida: «Òashkan — Shoshning
nomi, uning asli nomi Òoshkand bo‘lib, «toshdan qurilgan shahar
demakdir»,— deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining Òoshkent shakli
ilk bor Beruniy asarlarida uchraydi.
(S.Qorayev)
212-mashq.
Ko‘chiring. Gaplarning qaysi uslubga mansubligini va uslubiy xoslangan
so‘zlarni aniqlang.
1. Ko‘kdan quyosh mo‘ralab qaraydi. (Uyg‘un) 2. Kapalakday kelib,
qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. (Muhammad Yusuf)
3. Bir narsani surishtirib, tagiga yetmoqchi bo‘lsak, aslidan kelamiz: asli
nima edi? Asli qanday edi? va hokazo. (N. Komilov) 4. Fe’llar harakat
ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. (A. Hojiyev) 5. Ertaga soat 15.00 da maktab
jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘ladi.
213-mashq.
Ko‘chiring. Matnning qaysi uslubga xosligini ayting va uslubiy xoslangan
so‘zlarni aniqlang.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki xil aloqaga kirishishi mumkin:
1) teng aloqa; 2) tobe aloqa.


90
58-dars
Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog‘langan qo‘shma
gapni tashkil etadi. Biri ikkinchisiga tobe bo‘lgan gaplar esa ergashgan
qo‘shma gapni hosil qiladi.
(G‘. Abdurahmonov)
1. Nutq uslublari deb nimaga aytiladi?
2. Nutq vaziyati deganda nimani tushunasiz?
3. Qanday nutq uslublari mavjud?
4. Qaysi nutq uslubi og‘zaki, qaysilari yozma nutqqa xos?
5. Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar deganda nimani tushunasiz?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling