N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
199-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni aniqlang. 1. Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini ta’kidlagan edi. 2. Õurramiy deydi: «Chiroyli xulq bilan inson insondir». 3. Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi. 4. «Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha», — deydi Ahmad Yugnakiy. 5. Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligi haqida aytib o‘tilgan. 200-mashq. O‘qing. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni aniqlab, alohida-alohida ko‘chiring. Òegishli tinish belgilarini qo‘ying. Uyimiz yaqinidagi jiydazorda mol boqardik. Kunlardan birida chakalakzor ichidan temir qoziq topib oldim. O‘sha kuni echkimning arqoniga temir qoziq bog‘lab, uyga keldim. Dadam ovqatdan keyin qoziqni ko‘rib qoldi. —Kimniki? —Topib oldim, — dedim. —Qayerdan? —Jiydazordan. —Hozir joyiga oborib qo‘y. Qayerdan olgan bo‘lsang, o‘sha yerga olib borasan... Qoziqni o‘sha o‘zim topgan joyga tashlab kelguncha o‘takam yorilay dedi. — Shunaqa bo‘ladi, — dedi dadam. — Ikkinchi birovning narsasini olmaydigan bo‘lasan. O‘sha odam qoziqni qidirib yurgan bo‘lsa, ertaga sening qo‘lingda ko‘rib tanib qolsa, nima degan odam bo‘lamiz. (O‘. Hoshimov) 201-mashq. Òo‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. Bu gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring. 1. Qanday gapga o‘zlashtirma gap deyiladi? 2. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 202-mashq. Uyga vazifa. Nuqtalar o‘rniga ko‘chirma gaplar qo‘ying. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring. 1. Do‘stim dedi: «...». 2. Sinfdoshim mendan so‘radi: « ... ?» 3. O‘qituvchimiz: « ...»,— dedi. 4. Maktab direktori o‘quvchilarga qarata dedi: « ...!» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling