N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-dars MUSÒAHKAMLASH 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
- 3-topshiriq.
207-mashq.
Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida suhbatlashing. So‘ng gaplarni ko‘chirma gapga aylantiring. Yer tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida yer miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib, kelgusi yil hosili uchun asrab turadi, o‘ziga kuch to‘playdi. Bahorda yer insonga o‘z bahrini ochadi, saxiy mehrini sochadi. (Y. Sa’dullayeva) 208-mashq. Matnni o‘qing, uni ko‘chirma gapga aylantiring. Yiqilgan otingdan yurma o‘pkalab, G‘anim ranjidan ham chekmagin alam. Egarda sobitlik ilmini o‘rgan, Dardingga ma’rifat davodir, bolam. (Amirqul Karim) 86 1. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga qanday aylantiriladi? 2. So‘roq va buyruq gap shaklidagi gaplar-chi? 3. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalmaning o‘rni o‘zlashtirma gapda qanday bo‘ladi? 209-mashq. Uyga vazifa. Rasmdan foydalangan holda «Bobolarimiz o‘gitlari» mavzusida insho yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardan foydalaning va ularni o‘zlashtirma gapga aylantirish mumkinligi haqida fikr yuriting. 87 54-dars MUSÒAHKAMLASH 1-topshiriq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlang. Òinish belgilarini izohlang. Do‘stimga dedim: «Senga sir emaski, gul bebaho, guliston bevafodir». Donishmandlar deydilar: «Har narsaki bevafo bo‘lsa, u muhabbat qo‘yishga noravodir». Do‘stim dedi: «Õo‘sh, u holda qanday tadbir ko‘riladi?» Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin». Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: «Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilmog‘i lozim!» (Sa’diy) 2-topshiriq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib, ko‘chiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting. Amir Temur o‘g‘lini Òabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday nasihat qilgan edi: «El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!» Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?» Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: «Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga o‘xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha odamlar sizni duo qilardi». (P.Qodirov) 3-topshiriq. Ikki guruhga bo‘lining. «Òopqirlar» guruhi ko‘chirma gapli qo‘shma gap aytsin, «Zukkolar» guruhi bu gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, o‘sha guruh yutqizgan hisoblanadi. 4-topshiriq. Uyga vazifa. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘rtta misol yozing va ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling