N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars KO‘CHIRMA GAPLARNI


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

53-dars
KO‘CHIRMA GAPLARNI
O‘ZLASHÒIRMA GAPGA AYLANÒIRISH
1-topshiriq.
Matnni o‘qing.
O‘zganing gapi ko‘chirma gap orqali ham, o‘zlashtirma gap orqali ham
berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap
ma’nodosh bo‘ladi.
Ko‘chirma gap quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan o‘zlashtirma gapga
aylantiriladi:
a) darak gap shaklidagi ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi
sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga, egasi qaratuvchi
aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi
so‘zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib
gap boshida keladi. Masalan, «Yoshlarimiz istiqboli porloq»,— dedi
o‘qituvchimiz. // O‘qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
b) so‘roq, buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi.
Masalan, «Salima qanday o‘qiyapti?» — deb so‘radi onasi. // Onasi
Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
d) ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma
chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi.
2-topshiriq.
 Matn mazmunini so‘zlab bering.
Bilib oling. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma
gapli qo‘shma gap sodda gap shaklini oladi.
203-mashq.
Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring. Qanday
qilib o‘zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting.
1. Donolar deydiki: «Vaqting ketdi — baxting ketdi». 2. Balli, Ra’no, —
dedi Solih mahdum. (Abdulla Qodiriy) 3. Seni ilgari ko‘rmagan edim-ku,
qayerliksan, — deb so‘radi u. (Mirkarim Osim) 4. Keldik, — dedi Ochil
kulib. (S. Barnoyev) 5. Olcha juda serob, avval tatib yenglar, keyin terasizlar,
— dedi bir mo‘ysafid. (Oybek)
204-mashq.
Daftaringiz sahifasini ikki ustunga bo‘ling. Ustunning chap tomoniga
to‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. O‘ng tomoniga esa bu gaplarni o‘zlashtirma
gapga aylantiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ayting.


85
N a m u n a :
1. Qizim, umring uzoq bo‘lsin,— dedi yo‘lovchi.
2. Yo‘lovchi qizga umri uzoq bo‘lishini tiladi.
205-mashq.
Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularni o‘zlashtirma gaplarga
aylantiring.
Sinf bo‘yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni
velosipedi yoniga yo‘latmas, menga bo‘lsa hammaga eshittirib: «Ilhom, bir
kataysa qilib kelmaysanmi?» — derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘-
chirayotgani uchun shunday qiladi.
Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida Iskandar aka
payqab qoldi:
«Sen do‘st emassan, — dedi Iskandar aka, — do‘st o‘rtog‘ini yengilning
ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi».
Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: «Bundan keyin o‘qi. Endi
daftar berish yo‘q», — dedim.
(A. Ko‘chimov)
206-mashq.
Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi
farqlarni ayting.
1. Qadimgilar demishki: «O‘z uyim — o‘lan to‘shagim». 2. «Kamgaplik, —
deydi H. Olimjon, — donolik yo‘lining boshlanishi». 3. Behbudiy: «Maktab
dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir», — deb yozadi. 4. «So‘z
qoli p, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht», — deb yozadi A. Qodiriy. 5. «Or-
nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi», — deydi Tog‘ay Murod.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling